Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Volodimir Borisovich Groysman, yoki Volodymyr Borisovich Hroysman (ukraincha: Володи́мир Бори́сович Гро́йсманidishcha: וואָלאָדימיר באָריסאָוויטש גרויסמאַן) (20

Volodimir Groysman

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Volodimir Groysman
Володи́мир Гро́йсман
Ukraina Bosh vaziri
Mansab davri
2016-yil 14-apreldan  2019-yil 29-avgustgacha
Prezident Petro Poroshenko
Oʻtmishdoshi Arseniy Yatsenyuk
Vorisi Oleksiy Xonarchuk
Mansab davri
2014-yil 25-iyuldan  31-iyulgacha
v.b.
Prezident Petro Poroshenko
Oʻtmishdoshi Arseniy Yatsenyuk
Vorisi Arseniy Yatsenyuk
Ukraina Oliy Radasi raisi
Mansab davri
2014-yil 27-noyabrdan  2016-yil 14-aprelgacha
Oʻtmishdoshi Oleksandr Turchinov
Vorisi Andriy Parubiy
Ukraina hududiy rivojlanish vaziri
Mansab davri
2014-yil 27-fevraldan  27-noyabrgacha
Hukumat boshligʻi Arseniy Yatsenyuk
Oʻtmishdoshi Gennadiy Temnik
Vorisi Gennadiy Zubko
Vinnitsa meri
Mansab davri
2006-yil 28-martdan  2014-yil 27-fevralgacha
Oʻtmishdoshi Oleksandr Dombrovskiy
Vorisi Sergiy Morgunov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Volodymyr Borisovich Groysman

1978-yil 20-yanvar (1978-01-20) (48 yosh)
Vinnitsa
Siyosiy partiyasi Petro Poroshenko Bloki
(2014–yildan)
Mukofotlari Polsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni

Volodimir Borisovich Groysman, yoki Volodymyr Borisovich Hroysman (ukraincha: Володи́мир Бори́сович Гро́йсманidishcha: וואָלאָדימיר באָריסאָוויטש גרויסמאַן) (20-yanvar 1978), – Ukrainalik siyosatchi, 14-aprel 2016-yildan 29-avgust 2019-yilgacha Bosh vazir.

2006-yil martidan 2014-yil fevraligacha Groysman Vinnitsa meri boʻlgan. 2014-yil noyabrigacha Ukraina Bosh vazirining mintaqaviy siyosat boʻyicha oʻrinbosari va Ukraina mintaqaviy rivojlanish, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimlarida (bir vaqtning oʻzida ikkita lavozimda) ishlagan. Petro Poroshenko blokining partiya roʻyxati boʻyicha parlamentga saylangan. Groysmanning keyingi lavozimi 2014-yil noyabr oyi oxiridan bosh vazir etib tayinlangunga qadar Oliy Rada (Ukraina milliy parlamenti) raisi boʻldi. 2019-yilgi Ukraina parlament saylovida „Ukraina strategiyasi“ partiyasi yetakchisi sifatida qatnashgan. Ammo bu partiya parlamentdagi oʻrinlarni qoʻlga kirita olmadi. Groysmanning bosh vazirlik faoliyati 2019-yil 29-avgustda Oleksiy Goncharuk Ukraina bosh vaziri etib tayinlangani bilan yakunlandi.

Koʻpgina ommaviy axborot vositalarida, garchi Yuxim Zvyaxilskiy avval bosh vazir vazifasini bajaruvchi boʻlgan boʻlsa-da, Groysman Ukrainaning birinchi yahudiy bosh vaziri deb ataladi.

Biografiyasi

Volodimir Borisovich Groysman Vinnitsada yahudiy oilasida tugʻilgan. Uning otasi Boris Groysman biznesmen va mahalliy siyosatchi. Mehnat faoliyatini 1994-yilda otasining „OKO“ kichik xususiy korxonasida tijorat direktori, „Molodost“ xususiy korxonasida tijorat direktori lavozimlarida boshlagan. Groysman Ukrainaning mintaqalararo xodimlarni boshqarish akademiyasida (MAUP nomi bilan tanilgan) tahsil olgan.

2002-yilgi mahalliy saylovlarda 29-saylov okrugidan Vinnitsa shahar kengashi deputati etib saylangan. Kengashda inson huquqlari, qonuniylik, kengash aʼzolari faoliyati va odob-axloq masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi rahbari oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2003-yilda Hududlararo Xodimlarni boshqarish akademiyasini huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2004-yilda Groysman „Bizning Ukraina“ partiyasiga qoʻshildi.

2005-yil 25-noyabrda shahar Kengashi raisi va shahar maʼmuriyati rahbari (meri) vazifasini bajaruvchi etib saylandi. 2006-yil 26-martdagi mahalliy saylovlarda shahar meri etib saylandi. Ukraina maʼmuriy markazining eng yosh meri boʻldi (saylov paytida 28 yoshda edi). 2010-yil 10-oktabrda boʻlib oʻtgan mahalliy saylovlarda „Vijdon“ partiyasidan nomzod sifatida ikkinchi muddatga shahar meri etib saylandi. Uni fuqarolarning 77,81% qoʻllab-quvvatladi. Groysman mer boʻlgan davrda Ukraina shaharlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti boʻlgan.

2010-yil fevral oyida Groysman Milliy Davlat boshqaruvi akademiyasini Jamiyat rivojlanishini boshqarish, mahalliy va mintaqaviy darajadagi menejment mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

2014-yil 27-fevralda Groysman bir vaqtning oʻzida Yatsenyuk birinchi hukumatida Mintaqaviy siyosat boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari, Ukrainaning mintaqaviy rivojlanish, qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vaziri etib tayinlandi. Bu davrda Groysman Donbassdagi urush paytida Malaysia Airlines 17-reysi („MH17“) halokati boʻyicha Ukraina maxsus hukumat komissiyasining raisi etib tayinlandi.

Ushbu hukumatni qoʻllab-quvvatlagan parlament koalitsiyasi 2014-yil 24-iyulda Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk boshchiligida darhol isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Biroq Yatsenyukning isteʼfosi parlament tomonidan qabul qilinmadi. Shunga qaramay, 2014-yil 25-iyulda Yatsenyuk hukumati Groysmanni bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. 2014-yil 31-iyulda Oliy Rada Yatsenyukning isteʼfosini rad etdi, chunki 450 deputatdan atigi 16 nafari uning isteʼfosi uchun ovoz berdi.

Jamoatchilikning noroziligi va hukumatdagi korrupsiya ayblovlari bilan Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk 2016-yil 10-aprelda isteʼfoga chiqishni rejalashtirayotganini eʼlon qildi. Bir necha kunlik parlament muhokamalaridan soʻng, 2016-yil 14-aprelda Groysman 257-dan 50-ga qarshi deputatlar tomonidan Ukrainaning bosh vaziri etib saylandi. Groysman Ukrainaning eng yosh bosh vaziri (saylovda 38 yoshda) va yahudiy millati yoki diniga mansub boʻlgan yagona shaxs.

Yuqori