- Vikipediyada ismi Nigʻmatilla va familiyasi Yoʻldoshev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Nigʻmatilla Toʻlqinovich Yoʻldoshev – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (2019-yildan), 2019-yildan Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidenti, 2015—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi, Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin, 2016-yil 2-sentabrdan 8-sentabrgacha – Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi, 2011—2015-yillarda Adliya vaziri.
| Nigʻmatilla Toʻlqinovich Yoʻldoshev | |
|---|---|
Ниғматилла Тўлқинович Йўлдошев | |
![]() | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori | |
| Mansab davri 2019-yil 20-iyundan – hozirgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Otabek Murodov |
| Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati raisi | |
| Mansab davri 2015-yil 26-yanvardan – 2019-yil 20-iyungacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Ilgizar Sobirov |
| Vorisi | Tanzila Norboyeva |
| Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti v.v.b. | |
| Mansab davri 2016-yil 2-sentabrdan – 8-sentabrgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Islom Karimov |
| Vorisi | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri | |
| Mansab davri 2011-yildan – 2015-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Ravshan Muhiddinov |
| Vorisi | Muzrob Ikromov |
| Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi departamenti boshlig'i | |
| Mansab davri 2006-yildan – 2008-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Poʻlat Bobojonov |
| Vorisi | Zohid Dusanov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 5-dekabr 1962-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
| Mukofotlari | |
| Unvoni | 2-darajali davlat adliya maslahatchisi |
Biografiyasi
Maʼlumoti – oliy, 1985-yilda Toshkent Davlat Universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
1985—1986 – Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokuraturasining ish oʻrganuvchisi.
1986—1991 – Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokuraturasining tergovchisi.
1991—1992 – Toshkent shahri Yunusobod tumani prokuraturasining tergovchisi.
1992—1995 – Toshkent shahar prokuraturasining katta tergovchisi.
1995—1997 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki ishlar vazirligi idoralarida tergov va surishtiruv ustidan nazorat boshqarmasi prokurori.
1997—2000 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tergov bosh boshqarmasining tashkiliy-uslubiy boʻlimi boshligʻi.
2000—2003 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki xavfsizlikni taʼminlash inspeksiyasining boshligʻi.
2003—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi inspektori.
2006—2008 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.
2008—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari.
2011—2015 – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri.
2015-yil 20-yanvarda Senat aʼzoligiga Prezident tomonidan tayinlandi. 23-yanvar kuni Senat raisi etib saylandi.
2019-yil 20-iyunda Senat aʼzoligidan olindi.
2016-yil 2-sentabrda Oliy Majlis palatalarining qarori bilan Oʻzbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 8-sentyabr kuni Prezident vakolatlarini bajarish mas’uliyatini vaqtinchalik Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirishini eʼlon qildi.
2019-yil 20-iyundan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori.
2019-yil 7-oktyabrdan – Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidenti.
2025-yil 14-yanvardan – Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti.
Mukofotlari
- Doʻstlik ordeni (Rossiya) (15.10.2025) – MDH makonida qonuniylik, huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilish, ikki tomonlama va koʻp tomonlama shakllarda prokuraturalararo hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Rossiya bilan strategik sheriklikni yoʻlga qoʻyishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun
