Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Granma yaxtasi — Kuba prezidenti Fulgenso Batistani ag’darish uchun 1956-yilning noyabr oyida Kuba inqilobining 82 jangchilarini Meksikadan Kubaga eltib qo’ygan

Granma yaxtasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Inqilobchilar Granma yaxtasida Kubaga yetib kelishdi

Granma yaxtasi — Kuba prezidenti Fulgenso Batistani ag’darish uchun 1956-yilning noyabr oyida Kuba inqilobining 82 jangchilarini Meksikadan Kubaga eltib qo’ygan yaxta. Ushbu yaxtaning uzunligi 18 metr bo’lib, u Nyu-Yorkdagi ‘Bruklinning Viler kema quruvchi’ (inglizcha: Wheeler shipbuilding of Brooklyn) kompaniyasi tarafidan 1943-yilda yasalgan. Yaxtada kuba inqilobining taniqli komendantlari mavjud bo’lgan. Masalan, Fidel Kastro, Raul Kastro, Che Gevara, Juan Bosque, Kamilo Cienfuegos, va boshqalar.

Kubaga yetib kelishi

Granma yaxtasining safar yo'li

26-noyabr kuni Granma yaxtasi Meksika sohilidagi Tukspan qishlog'idan safarga yo'l olgan, va Kubadagi Playa las Koloradas degan joyga 2-dekabr kuni yetib kelgan. Qo'nish paytida Kubaning sohil gravdiyasi ularni ko'rgan, va poytaxtga ularning xabari tezda yetib kelgan. Quruqlikka yetgach, inqilobchilar ikki guruhga bo'linib, o'rmon ichika kerib ketishgan. O'rmondan yurish qiyin bo'lgan sababli ular qurol-yarog'larni tark etishga majbur bo'lishgan. Aynti paytda, Batista yaxtani yetib kelishini taxmin qilgan ekan, va yaxta qo'ngan paytida ularga vertolyot va samolyotlar bilan hujum qilgan. Qururqlikda bekinishga joy bo'lmagan sababli inqilobchilar oson nishonga aylandi. Ikki kundan so'ng, 4-dekabr kunida ikki inqilobchi guruhlar bir-birlarini topib, bir mahalliy dehqon yordami bilan Siyerra Mayestra tog'lari tomon ichkariga yo'l olishdi.

Yaxtaning Kubaga yetib kelishini Che Gevara shunday etib beradi: "Biz quruqlikka chiqdik, adashib, arvohlar kabi noma'lum bir ruhiy impulsga bo'ysunib, yiqilib-tushib yurardik. Suvda o'tgan yetti kun mobaynida doimiy ochlik va kasallikni boshdan kechirgan edik, so'ng quruqlikda yana uch kun yanada dahshatli kunlar bizni kutdi. Meksikadan jo'nab ketganimizga aynan o'n kun bo'lgach, 5 dekabr tongida, tun bo'yi davom etgan behushlik va tez-tez dam olishlar bilan uzun yurishdan so'ng, biz Alegriya de Pyo deb ataladigan joyga yetib bordik."

Yuqori