| Sergey Glazyev | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1-yanvar 1961-yil Zaporojye, Ukraina SSSR, SSSR |
| Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
| Kasbi | Iqtisodchi, Siyosatchi |
| Unvoni | Iqtisod fanlar doktori |
| Mukofotlari | Do'stlik ordeni, Sharaf ordeni, Kondratiyev ordeni |
Sergey Yuryevich Glazyev (1961-yil 1-yanvar, Zaporojye) — rossiyalik iqtisodchi va siyosatchi. 2025-yil 17-apreldan Rossiya va Belarus Ittifoqi Davlatining Davlat kotibi. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi (2008-yildan).
Biografiyasi
1961-yil 1-yanvarda Zaporojye shahrida tugʻilgan, u yerda 1978-yilda 31-sonli oʻrta maktabni tamomlagan. Uning oʻqituvchisi shunday eslaydi: „U ajoyib, oʻqimishli yigit edi, doimo bilimga intilar, oʻz nuqtayi nazariga ega edi. Yaxshi tashkilotchi: har doim jamoani jipslashtirib, rahbarlik qilgan.“
Glazyevning soʻzlariga koʻra, uning otasi rus, onasi esa ukrainalik. Singlisi — Yuliya Sinelina (1972—2013), din sotsiologi, sotsiologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim, RFA Ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar instituti Din sotsiologiyasi sektori rahbari.
2008-yil noyabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) bosh kotibining oʻrinbosari etib tayinlangan, 2009-yil 4-fevralda esa Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Bojxona ittifoqi komissiyasining mas’ul kotibi etib tasdiqlangan. Uning rahbarligida 2011-yil 1-iyuldan boshlab bojxona, sanitariya, veterinariya, karantin fitosanitariya, transport davlat nazorati Rossiya-Belarus va Rossiya-Qozogʻiston chegaralaridan Bojxona ittifoqining tashqi chegarasiga oʻtkazildi. Ushbu va boshqa vazifalarni amalga oshirish 2012-yil 1-yanvardan boshlab integratsiyani chuqurlashtirish — Yagona iqtisodiy makonni shakllantirish kun tartibiga oʻtish imkonini berdi.
Sanksiya
2014-yil 17-martda, Qrim maqomi boʻyicha xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan referendum oʻtkazilganidan bir kun oʻtib, Glazyevga nisbatan AQSH sanksiyalari joriy etildi. Tez orada u „Qrimni anneksiya qilishga ommaviy chaqiriqlar“ uchun Yevropa Ittifoqi, Kanada, Avstraliya va Shveytsariyaning sanksiyalar roʻyxatiga kiritildi.
2015-yil sentyabr oyida u Ukrainaning sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan.
- Iqtisodiyot
- Iqtisodchilar
- Siyosatchilar
