Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

João Félix Sequeira – Portugaliya terma jamoasi futbolchisi. Futbolchi 1999-yil 10-noyabrda Viseu shahrida tugʻilgan. U hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi va Angli

João Félix

Vikipediya, erkin ensiklopediya
João Félix (Juan Feliks)
Félix Portugaliya jamoasi bilan
mashgʻulotda (2026-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi João Félix Sequeira
Tavallud sanasi 1999-yil 10-noyabr (1999-11-10) (26 yosh)
Tavallud joyi Viseu, Portugaliya
Boʻyi 1.81 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Nassr
Raqami 79
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2008 Os Pestinhas
2008—2015 Porto
2014—2015   Padroense
2015—2018 Benfica
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2018 Benfica B 30 (7)
2018-2019 Benfica 26 (15)
2019—2024 Atlético Madrid 96 (25)
2023   Chelsea 16 (4)
2023—2024   Barcelona 30 (7)
2024— Chelsea 12 (1)
2025   AC Milan 15 (2)
2025— Al-Nassr 37 (22)
Milliy terma jamoa
2017  Portugaliya U-18 2 (2)
2018  Portugaliya U-19 2 (0)
2017—2018  Portugaliya U-21 10 (4)
2019—  Portugaliya 57 (12)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

João Félix Sequeira – Portugaliya terma jamoasi futbolchisi. Futbolchi 1999-yil 10-noyabrda Viseu shahrida tugʻilgan. U hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi va Angliyaning Premier League chempionatida Chelsea sharafini himoya qilib keladi.

Professional faoliyati

Benfika

U professional faoliyatini 2014-yilda Benfika B klubida boshlagan. U Benfika klubiga 2018-yilda kelib qoʻshilgan. U 2018-19-yilgi UEFA Yevropa Ligasidagi oʻyini bilan dong taratadi.

Atletiko Madrid

2019-yilning 3-iyulida u 126 million yevro evaziga La Liga jamoalaridan biri „Atlético Madrid“ga oʻtdi. Ushbu transfer bilan Joau Feliks barcha davrlarning eng qimmat transferlari orasida beshinchi oʻrinni egalladi.

Chelse ijara

2023-yilning 11-yanvarida Félix 2022-23-yilgi mavsumning qolgan qismida Premer-liganing „Chelsi“ klubiga ijara asosida qoʻshildi va koʻchishdan oldin „Atletiko“ bilan shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirdi. Ertasi kuni u „Fulxem“ ga qarshi oʻyinda (2:1) debyut qildi, oʻyinning 58-daqiqasida Kenni Tetega qarshi qoʻpolligi uchun qizil kartochka oldi va 3 ta oʻyinga chetlashtirildi.

Shaxsiy hayoti

Félix Portugaliyaning Viseu shahrida tugʻilgan. Uning ota-ona-onasi Karlos (otasi) va Karla (onasi) ikkalasi ham oʻqituvchi. Uning Ugo ismli ukasi bor, u „Benfika“ning yoshlari safida oʻynaydi. Felixsning kumirlari Kaka va Rui Kosta edi. Félix portugaliyalik aktrisa Margarida Korseyro bilan yaqin munosabatda.

Yuqori