| Nizomiddin Ubaydullo Zokoniy | |
|---|---|
| Tavalludi | 1301 |
| Vafoti | 1371 |
Nizomiddin Ubaydullo Zokoniy (1270/1280-yil, Eron — tax. 1370-yil) — fors yozuvchisi va shoiri, fors adabiyotida hajv (satira) asoschisi. Ubayd Zokoniy (forscha: عبید زاکانی) nomi bilan ham mashhur.
Hayoti
Zakon va Bagʻdoddagi bilim maskanlarida taʼlim olgan. Arab va fors tillarida ijod qilgan. Zokoniyning „Navodir ul-amsol“ („Nodir masallar“), „Axloq ul-ashrof“ („Zodagonlar axloqi“), „Sad pand“ („Yuz nasihat“) kabi asarlari fors adabiyotining nodir namunalari hisoblanadi. „Mush-u-gurba“ („Mushuk ila sichqon“) kichik hajmli majoziy dostoni jahon xalqlarining koʻplab tillariga, shuningdek, oʻzbek tiliga ham tarjima qilinib, 1907–1909-yillarda bir necha bor chop etilgan
Adabiyotlar
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Alifbo boʻyicha yozuvchilar
- Alifbo boʻyicha shoirlar
- Fors shoirlari
- Sherozda vafot etganlar
- Adiblar haqidagi chala maqolalar