| Behzod Saylixonovich Hamrayev | |
|---|---|
| | |
| Mansab davri 2025-yil – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Bosh vazir | Abdulla Aripov |
| Oʻtmishdoshi | Bahodir Begalov |
| Mansab davri 2020-yil – 2025-yil | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Behzod Saylixonovich Hamrayev — oʻzbekistonlik davlat arbobi, iqtisodchi. 2025-yil fevral oyidan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi (avvalgi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi) raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Biografiyasi
Behzod Hamrayev 1983-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan
2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Statistika" yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichini tamomlagan.
2006-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasini tamomlagan.
2016-yilda Yaponiyaning Siyosiy fanlar milliy institutini (GRIPS) bitirgan.
Ekonometrika va statistika magistri darajasiga ega.
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (hozirgi Iqtisodiyot va moliya vazirligi)da Pul ko‘rsatkichlarini prognozlashtirish departamenti yetakchi mutaxassisi sifatida boshlagan va 2008-yilgacha makroiqtisodiy tahlil hamda prognozlash yo‘nalishlarida ishlagan.
2008-yildan boshlab Markaziy bank tizimida faoliyat yuritgan:
2008–2017-yillarda Markaziy bankning turli bo‘limlarida, jumladan, litsenziyalash, metodologiya va bank tizimi likvidligini tahlil qilish yo‘nalishlarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2017–2018-yillarda Pul-kredit siyosati departamentining Inflyatsiyani tahlil qilish va prognozlash boshqarmasi boshlig‘i.
2018–2020-yillarda Markaziy bankning Pul-kredit siyosati departamenti direktori.
2020-yil yanvardan – 2025-yil fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari va Boshqaruv a’zosi.
Behzod Hamrayevning rahbarligi va bevosita ishtirokida bank tizimida bir qator strategik islohotlar amalga oshirilgan:
O‘zbekiston iqtisodiyotining bosqichma-bosqich inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish jarayoniga mas’ul bo‘lgan.
Makroiqtisodiy tahlillarni tizimlashtirish maqsadida Prognozlashtirish va siyosatni tahlil qilish tizimi (FPAS) yaratilishiga hissa qo‘shgan.
Pul, repo, valyuta va davlat qimmatli qog‘ozlari bozorlarini rivojlantirish, shuningdek, pul-kredit operatsiyalari vositalarini kengaytirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirgan.
Tizimdagi xatarlarni baholash imkonini beruvchi Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish tizimi (Financial Stability Analysis) joriy etilishiga boshchilik qilgan.
Markaziy bankning aloqa siyosatini yangilash jarayoniga rahbarlik qilgan. Mazkur o‘zgarish regulyator faoliyatining shaffofligini oshirish va manfaatdor tomonlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlashga xizmat qilgan.
2025-yil 24-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi
2026-yil 3-mart kunidan BMT Statistika komissiyasi Byurosi raisi oʻrinbosari (Vice-Chair)
Mukofotlar
"Do‘stlik" ordeni (22.08.2026)
2026-yilgi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish

Behzod Hamrayev rahbarligida Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri amalga oshirildi. Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi 173-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.
Tayyorgarlik va innovatsiyalar
Ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik doirasida 2025-yil dekabr oyida respublika bo‘yicha 7,6 milliondan ortiq turar joy obyektlarining aniq GPS-koordinatalari belgilandi.

Bu tizim:
- Ro‘yxatga olish jarayonlarini real vaqt (online) rejimida kuzatib borish;
- Ma’lumotlar sifatini nazorat qilish va takroriylikni oldini olish;
- Keyingi o‘n yilliklar uchun demografik va hududiy rejalashtirish poydevorini yaratish imkonini beradi.

Uyma-uy yurib ro‘yxatga olish
Ro‘yxatga olish bosqichlari
Tadbir ikki bosqichda o‘tkazildi:
- Onlayn bosqich (2026-yil 15–31-yanvar): census.stat.uz portali orqali aholining o‘zi mustaqil ro‘yxatdan o‘tdi. Atigi 17 kun ichida xonadonlarning 82,3 foizi (30 milliondan ortiq aholi) onlayn so‘rovnomalarni to‘ldirdi. Bu natija Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari orasida o‘ziga xos rekord sifatida qayd etildi. Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda 60 kunda aholining 40 foizi, Belarus Respublikasida 25 kunda 22 foizi, Rossiyada esa 31 kunda 16 foizi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
- Uyma-uy yurib, ma’lumot to‘plash bosqichi (2026-yil 4–28-fevral): Onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan qatlam "mahalla yettiligi" xodimlari tomonidan planshetlar yordamida to‘liq qamrab olindi.
Xalqaro yutuqlar

2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib BMT Statistika komissiyasi Byurosiga 2026–2029-yillar uchun a’zo etib saylandi.
Behzod Hamrayev 2026-yil 3-mart kuni BMT Statistika komissiyasining 57-sessiyasida BMT Statistika komissiyasi Byurosi raisi oʻrinbosari (Vice-Chair) etib saylandi.
Jahon bankidagi taqdimot va islohotlar
2026-yil aprel oyida Jahon bankining Vashingtondagi shtab-kvartirasida "Inside Uzbekistan’s Data Systems Transformation: Reforms, Innovation, Impact" mavzusida O‘zbekistonning statistik islohotlariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda B. Hamrayev ma’ruza qilib, tizimdagi quyidagi strategik o‘zgarishlarni taqdim etdi:
Institutsional islohotlar: Statisika agentligining Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilishi, "Transformatsiya ofisi" va Statistika kengashining tashkil etilishi.
Raqamli transformatsiya: Ma’lumotlarni yig‘ish jarayonini to‘liq raqamlashtirish, tadbirkorlar uchun hisobot yukini kamaytirish va ma’muriy ma’lumotlar tizimlari bilan integratsiyani kuchaytirish.
Milliy strategiya: 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Statistika tizimini rivojlantirish milliy strategiyasining ishlab chiqilishi.
Shuningdek, mazkur tadbirda 2026-yilda o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining raqamli yechimlari xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.
- Oʻzbekiston yetakchilari


