![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ýazguly Berdimuhammedowiç Hojageldyýew | ||
| Tavallud sanasi | 1977-yil 27-fevral | ||
| Tavallud joyi | Büzmeýin, Turkmaniston SSR, Sovet Ittifoqi | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Altyn Asyr (murabbiy) | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1998—1999 | Nebitchi | ? | (?) |
| 2002 | Kopetdag | ? | (?) |
| 2002 | Qoraqum | ? | (?) |
| 2003—2005 | Nebitchi | ? | (?) |
| 2005—2007 | Ýedigen | ? | (22) |
| Total | ? | (?) | |
| Boshqargan klublari | |||
| 2005—2013 | Ýedigen | ||
| 2010—2013 | Turkmaniston | ||
| 2014— | Altyn Asyr | ||
| 2017—2019 | Turkmaniston | ||
| 2021 | Turkmaniston | ||
| 2022 | Turkmaniston | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Yazguli Berdimuhammedovich Xoʻjageldiyev (turkmancha: Ýazguly Berdimuhammedowiç Hojageldyýew; 1976-yil 27-fevralda Abadan tumanida tugʻilgan) – turkmanistonlik sobiq futbolchi va futbol murabbiyi, hozirda Ashxobodning „Oltin Asr“ klubining bosh murabbiyi. U Turkmanistonning xizmat koʻrsatgan murabbiyi unvoniga sazovor boʻlgan.
Biografiyasi
Buzmeyin shahrida tugʻilgan. Futbolchi sifatida „Buzmeyin“ (Buzmeyin), „Dagdan“ (Ashxobod), „>Kopetdag“ (Ashxobod) va „MTTU“ (Ashxobod) jamoalarida yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.
Murabbiylik faoliyati
Klub
MTTU jamoasining bosh murabbiyi sifatida tanilgan. Uning rahbarligida jamoa uch marta Turkmaniston chempioni unvonini qoʻlga kiritgan, uch marta Turkmaniston Prezidenti kubogida va ikki marta Turkmaniston Superkubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
2014-yildan buyon Ashxobodning „Oltin Asir“ jamoasiga bosh murabbiylik qilmoqda. Birinchi mavsumning oʻzidayoq jamoani chempionlikka olib chiqdi.
Turkmaniston terma jamoasi
2010-yil fevralda Yazguli Xoʻjageldiyev Turkmaniston futbol terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Uning rahbarligida terma jamoa 2010-yilgi OFK Chaqiruv kubogining final bosqichida ishtirok etish uchun Shri Lankaga yoʻl olgan. Ushbu musobaqada Turkmaniston terma jamoasi ilk bor OFK Chaqiruv kubogi finaliga chiqishga muvaffaq boʻlgan, biroq yakuniy oʻyinda KXDR jamoasiga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan.
2011-yil martida Turkmaniston milliy terma jamoasi Kuala Lumpurda oʻtkazilgan saralash bosqichida Pokiston va Tayvanni magʻlub etib, Hindiston bilan durang oʻynab, 2012-yilgi OFK Chaqiruv kubogining final bosqichiga chiqishni uddaladi.
2011-yilning yozida Indoneziyaga qarshi JCH-2014 finaliga chiqish uchun boʻlgan birinchi saralash oʻyinida terma jamoa Ashxobodda 1:1 hisobida durang oʻynagan. Keyingi mehmondagi oʻyinda 4:3 hisobida magʻlub boʻlishi esa terma jamoani JCH-2014 yoʻllanmasi uchun kurashdan chiqarib yuborgan.
2012-yilning qishida terma jamoa Turkiyada yigʻin oʻtkazdi. 2012-yilgi OFK Chaqiruv kubogiga tayyorgarlik doirasida Yazguli Xojageldiyev boshchiligidagi Turkmaniston terma jamoasi Ruminiya bilan oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazgan va unda 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan.
2012-yil mart oyida Turkmaniston terma jamoasi OFK Chaqiruv kubogining final turnirida qatnashish uchun Katmanduga yoʻl oldi. Turkmanistonliklar musobaqa mezboni Nepal terma jamoasini 3:0 hisobida, Maldiv terma jamoasini esa 3:1 hisobida magʻlub etdi. Falastin bilan oʻtkazilgan uchrashuvda esa 0:0 hisobidagi durang qayd etilgan. Yarim finalda Turkmaniston terma jamoasi Filippinni 2:1 hisobida yengan. Biroq final bosqichida Turkmaniston ikkinchi marta OFK Chaqiruv kubogini qoʻldan boy berdi – oʻyin yakuniga yaqin KXDRga 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan.
Yutuqlar
- Turkmaniston
- OFK Chaqiruv kubogi sohibi: 2010, 2012
- MTTU
- Turkmaniston chempioni: 2006, 2009, 2013
- Turkmaniston chempionatining kumush medali sovrindori: 2007, 2008, 2011
- Turkmaniston Superkubogi sohibi: 2005, 2009
- Turkmaniston kubogi sohibi: 2006; 2011-yil
- Turkmaniston kubogi finalchisi: 2008-yil
- Hamdoʻstlik kubogi yarim finalchisi: 2010-yil Hamdoʻstlik kubogi
- Oltin Asr
- Turkmaniston chempioni: 2014-yil
- Turkmaniston Superkubogi: 2014, 2015, 2016, 2017, 2018
- AFC Kubogi finalchisi: 2018
- 27-fevralda tugʻilganlar
- 1977-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- Turkmanistonlik erkak futbolchilar
- FK Nebitchi futbolchilari
- Kopetdag futbol klubi futbolchilari
- Bagtiyarliq-Lebap FK futbolchilari
- FK Yedigen futbolchilari
- Turkmaniston futbol murabbiylari
- Turkmaniston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- Yedigen futbol klubi murabbiylari
- Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiylar
