| Hafiza Toʻymurodovna Ortiqova | |
|---|---|
| | |
| Tavalludi | 1976-yil 24-dekabr Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | biolog olim |
| Sohasi | biologiya |
| Taʼlimi | Buxoro davlat universiteti |
| Ilmiy darajasi | biologiya fanlari doktori |
| Ilmiy unvoni | professor |
| Mukofotlari | |
Hafiza Toʻymurodovna Ortiqova (1976-yil 24-dekabr, Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, biologiya fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
Hafiza Ortiqova 1976-yil 24-dekabr Buxoro tumanida tugʻilgan. 1992—1997-yillarda Buxoro davlat universitetini tamomlagan. 1997—2001-yillarda Buxoro davlat universiteti oʻqituvchisi, 2001—2003-yillarda Buxoro davlat universiteti Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2006—2011-yillarda Kimyo-biologiya fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari, 2011—2013-yillarda Kimyo-biologiya fanlar fakulteti dekani, 2013—2015-yillarda Tabiiy fanlar fakulteti dekani vazifasida ishlgan. 2019-yildan Agronomiya va biotexnologiya fakulteti dekani hamda agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi professori.
Ilmiy faoliyati
100 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. 2005-yilda „Buxoro vohasi tuproqlarining sugʻorish taʼsirida oʻzgarishi“ mavzusida nomzodlik, 2019-yilda „Buxoro vohasi tuproqlarining evolyutsiyasi, ekologiyasi va tuproq unumdorligini oshirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[manba kerak].
Mukofotlari
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011);
- Shuhrat medali (2022).
- 24-dekabrda tugʻilganlar
- 1976-yilda tugʻilganlar
- Buxoro tumanida tugʻilganlar
- Oʻzbekiston mustaqilligiga 20 yil nishoni sohiblari
- Shuhrat medali sohiblari
- Oʻzbekistonlik olim ayollar
- Biologiya fanlari doktorlari
- Professorlar
- Dekanlar