| Serbiya bayrogʻi | |
|---|---|
| serbcha: Državna zastava | |
| | |
| Subyekt | Serbiya |
| Tasdiqlangan sanasi | 1882 |
| Mutanosibligi | 2:3 |
| Dizayni | qizil, koʻk va oq ranglarni aks ettirgan gorizontal trikolor |
| Boshqa variatsiyalari | |
| | |
| Mutanosibligi | 2:3 |
Serbiya milliy bayrogʻi (shuningdek, Uchrangli bayroq ham deyiladi; serbcha: Državna zastava) – Serbiya Respublikasining davlat ramzlaridan biri. Ushbu bayroq XIX asrdan buyon Serbiya davlati va serb millatining bayrogʻi sifatida ishlatilib kelinmoqda. Bayroqning hozirgi shakli 2004-yilda qabul qilinib, 2010-yilda biroz oʻzgartirilgan.
Bayroq dizayni
Bayroqdagi toʻliq ranglar va belgilar Vizantiya bayrogʻidan olingan.
Tarixi
|
Protokol
Davlat bayrogʻi
Davlat binolarining kirish joylarida doimiy ravishda davlat bayrogʻi hilpirab turadi. Voyvodina, Kosovo va Metoxiya provinsiyalarining muassasalari bayroqni faqat milliy bayramlarda oʻrnatishadi. Shuningdek, u Serbiya uchun muhim voqealarni nishonlaydigan bayramlar va boshqa tantanali tadbirlar paytida va boshqa holatlarda oʻrnatiladi. Motam paytida esa, bayroq ustunning yarim qismiga tushiriladi. Saylov paytida har bir saylov uchastkalarda bayroq oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Fuqarolik bayrogʻi
Serbiyaning fuqarolik bayrogʻi doimiy ravishda Milliy assambleya, viloyat organlari va davlat xizmatlari markazlarining kirish qismida hilpirab turadi.
Prezident shtandarti
Serbiya milliy assembleyasi bayrogʻi
Serbiya armiyasi bayrogʻi
Serbiya havo kuchlari bayrogʻi
Serbiya havo kuchlari politsiyasi bayrogʻi
Serbiya havo kuchlari gvardiyasi bayrogʻi
Serbiya dengiz kuchlari bayrogʻi
Bayroqqa hurmat
Davlat bayrogʻi ham, fuqarolik bayrogʻi ham yerga tegib turishi mumkin emas. .
Yomon ob-havo sharoitida bayroq koʻtarilmaydi. Kechki payti esa, bayroq atrofi chiroqlar bilan yoritiladi.
Galereya
Serbiya pravoslav bayrogʻi
Serbiya bayrogʻi
Chernogoriya qirolligi bayrogʻi
Chernogoriya qirolligi bayrogʻi(1905-1918)
Serbiya Krajina bayrogʻi
- Davlat bayroqlari
- Serbiya