| Engin Hepileri | |
|---|---|
| Hepileri 2012-yilda sahnada chiqish qiladi | |
| Tavalludi | 1978-yil 3-mart Istanbul |
| Fuqaroligi | Turkiya |
| Kasbi | Aktyor, teatr rejissori va teleboshlovchi |
| Faoliyat yillari | 1996-hozirgacha |
| Turmush oʻrtogʻi | Ayşe Topçu (2011-2014) Beyza Şekerci |
| Bolalari | 1 |
Engin Hepileri (1978-yil 3-martda tugʻilgan)turk aktyori va teatr rejissori. Mashhur Emret Komutanim harbiy komediyasi, Kampüsistan yoshlar seriali va Intikam Qasos filmlari bilan tanilgan. Qoʻshiqchi Kazım Koyuncu obrazini oʻynagan va shu film koʻplab kino festivallarda qatnashgan. Shuningdek, Yılan Hikayesi, Yedi Numara, Gece Gündüz, Bu Kalp Seni Unutur Mu, Yaprak Dökümü, Hürrem Sultan, Gönül Çelen, Kızlar Yurdu kabi koʻplab seriallarda bosh rollarni oʻynagan. Sahnada Kent Oyunculari tarkibiga qoʻshilgach, teatr spektakllarida rol oʻynashni kamaytirib boshladi. 2008-yilda teatr rejissori sifatida faoliyatini davom ettirdi. TRT 1 telekanalida qisqa vaqt teleboshlovchi boʻlib, Altin Petek teledasturini olib bordi.
Faoliyati
Hepileri sahnadagi ilk ishini Cağalooğlu Anadolu Lisesida talaba boʻlganida boshlaydi. 1996-yilda Istanbul Universiteti Davlat Konservatoriyasiga oʻqishga kiradi. 2002-yilda shu Universitetning aktyorlik yoʻnalishi boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni boshlagan va 2005-yilgacha shu yerda ilmiy xodim boʻlib ishlagan.
Oʻrta maktabda oʻqib yurganida Turkiya davlat teatri tomonidan tashkil etilgan toʻrtta spektaklda rol oʻynagan. 1998-yilda Anlat Şehrazat musiqiy filmida suratga tushadi, keyinchalik Theatre Forada Ölümsüzler spektaklarida rol oʻynadi. Shu yilning oʻzida Kent Oyuncuları aktyorlari tarkibiga qoʻshildi. „Kent Oyuncuları“ kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan 20 ta spektaklda rol oʻynadi. Ayni paytda Hepileri kino va televidenie sohasida faoliyatini davom ettira boshlagan. 2008-yilda teatr spektakllariga rejissyorlik qilishni boshlagan va Istanbul universiteti va Kenter Akademiyasida professor-oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 2011-2012–yillar oraligʻida TRT Okul kanalida ish kunlarida madaniyat-sanʼat mavzusidagi dasturni olib bordi.
Filmografiyasi
Film
- Gülüm (2002)
- Beyza'nın Kadınları (2005) – Hüseyin
- Gelin (2006)
- Başımın Belası (2007)
- Şöhretin Bedeli (2007)
- Son Ders: Aşk ve Üniversite (2007) – Hakan/Saffet
- İdam (2007)
- Nefes (2009)
- Başımın Belası (2010) – Onur Öztürk
- Av Mevsimi (2010) – Asiyeʼs boss
- Tek Ölüm Yetmez Kısa Film (2011) – Cem
- Celal Tan ve Ailesinin Aşırı Acıklı Hikayesi (2011) – Komissar oʻrinbosari Arkibiyades
- Ferahfeza (2012) – Seks shop egasi
- Bana Adını Sor (2014) – Hakan
- Çalsın Sazlar (2014)
- Yağmur: Kıyamet Çiçeği (2014) – Kazım Koyuncu
- Anka (2022)
- Tamirhane (2022) – Gürdal
- Prestij Meselesi (2023) – Hilmi Topaloğlu
Teleseriallari
- İki Arkadaş (1998) – Rıza
- Yılan Hikayesi (2000) – Police
- Yedi Numara (2000)
- Beşik Kertmesi (2002)
- Canım Kocacığım (2002)
- Hürrem Sultan (2003) – Şehzade Cihangir
- Kampüsistan (2003) – Oğuz
- Emret Komutanım (2005) – Senor Seyfi
- Kızlar Yurdu (2006) – Çavuş Seyfi Sarsılmaz
- Çemberin Dışında (2007) – Kıvanç Özyurt
- Yasak Elma (2007) – Teoman
- Gece Gündüz (2008) – Police Tekin
- Aile Saadeti (2009) – Mahir
- Bu Kalp Seni Unutur Mu? (2009) – Engin Doğan
- Yaprak Dökümü (2009) – Waiter Emir
- Küstüm Çiçeği (2010) – Semih
- Gönülçelen (2010) – Burhanʼs youth
- Koyu Kırmızı (2012) – Ufuk
- İntikam (2013–2014) – Hakan Eren
- Kara Ekmek (2015) – Taylan
- Kimse Bilmez (2019) – Uygar Sarıkaya
- Doğduğun Ev Kaderindir (2019–2020) – Faruk
- Evlilik Hakkında Her Şey (2021) – Koray
- Midnight at the Pera Palace (2022) – Reşat
Musiqa videolari
- Mor ve Ötesi – „Son Giden“ (2001)
- Gökhan Türkmen – „Bir Öykü“ (2014)
- Nilüfer – „Seni Kimler Aldı“ (2017)
Teledasturlar
- Altın Petek (2016)
Mukofotlar
- 2004-yil – 8-Afife teatr mukofoti, „Teatrdagi eng yosh avlod mukofoti“
- 2010-yil – 15-Sadri Alishik aktyorlik mukofoti, „Komediya yoʻnalishida eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor“
- 2011 – 18-Adana Oltin koʻzasi mukofotlari, „Hakamlar hay’atining jamoaviy ijro uchun maxsus mukofoti (aktyorlar bilan birgalikda)“
- 2015 – 20-Sadri Alışık kino mukofotlari, „Ayhan Ishik maxsus mukofoti“ (Çalsın Sazlar/Yağmur: Kıyamet Çiçeği)
- 3-martda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar
- Turk aktyorlari
- Istanbullik erkak aktyorlar
- Turk kino aktyorlari
- Turk televideniyesining erkak aktyorlari