- Vikipediyada ismi Obid va familiyasi Hasanov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Obid Hasanov (1902, Margʻilon — 1976.25.8, Toshkent) — aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1973). 1919—25 yillarda Qoʻqon drama trup-pasida, 1925—27 yillar Samarqand musiqali teatrida aktyor. 1927—44 yillar Hamza teatrida, 1945—46 yillar Toshkent yosh tomoshabinlar teatrida, 1946—56 yillarda Qoʻqon teatrida, 1958-yildan Hamza nomidagi akademik drama teatrida ishlagan. H. kichik, epizodik rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan, Eshon (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Amir Muzaffar (Uygʻun, I.Sulton, "Alisher Navoiy"), dehqon chol (S.Azimov, "Zamon drama-si"), jarchi (M.Shayxzoda, "Mirzo Ulugʻbek") va boshqa rollari shular jumlasidan. Bir qancha filmlarda ham suratga tushgan.
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- O‘zbekiston SSR xalq artistlari
- 1902-yilda tugʻilganlar
- 1976-yilda vafot etganlar
- 25-avgustda vafot etganlar