Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abulfaḍl Abbos al-Mustain Billoh (arabcha: أبو الفضل عباس المستعين بالله‎‎; taxminan"}]],"parts":[{"template":{"target":{"wt":"circa","href":"./Andoza:Circa"},"

Al-Mustain (Qohira)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abulfadl Abbos al-Mustain Billoh
أبو الفضل عباس المستعين بالله
10-Qohira xalifasi
Saltanat 1406-yil 22-yanvar — 1414-yil 9-mart
Oʻtmishdoshi Al-Mutavakkil I
Davomchisi Al-Muʼtazid II
Misr sultoni
Saltanat 1412-yil 7-may — 6-noyabr
Oʻtmishdoshi Nosiriddin Faraj
Davomchisi Shayx al-Mahmudiy
Tugʻilishi 1390
Qohira, Misr
Vafoti 1430-yil fevral yoki mart (39-40 yoshda)
Iskandariya
Dafn etilgan joy
Iskandariya
Farzandlari Al-Mutavakkil II
Toʻliq nomi
Ebû’l-Fadıl el-`Abbâs "el-Mûsta`in bi’l-Lâh"
Otasi Al-Mutavakkil I
Onasi Boy Xotun
Dini Islom (Sunniylik)

Abulfaḍl Abbos al-Mustain Billoh (arabcha: أبو الفضل عباس المستعين بالله; tax. 1390 — 1430-yil fevral yoki mart) Qohiradagi oʻninchi „soyadagi“ xalifa. 1406-yildan 1414-yilgacha Misr mamluk sultonlari qoʻl ostida hukmronlik qilgan. 1412-yilda atigi olti oy davomida boʻlsa-da, Misr sultoni darajasiga erishib, siyosiy hokimiyatni qoʻlga olgan Qohiradagi yagona xalifa edi. Undan oldin yoki oʻrnini egallagan boshqa barcha Qohira xalifalari hech qanday siyosiy kuchga ega boʻlmagan diniy rahbarlar edi.

Hayoti

Al-Mustain al-Mutavakkil I va Boy Xotun ismli turkiy kanizakning oʻgʻli edi. 1406-yil 22-yanvarda otasining oʻrniga xalifa boʻldi. Oʻsha paytda xalifalarning roli burjiy mamluk sultonlarining boshqaruvini maxsus unvonlar berish orqali qonuniylashtirishdan iborat edi. Al-Mustain Sulton Farajga Levantdagi isyonchi Halab va Tripoli amirlariga (noiblariga) qarshi yurishda hamrohlik qilgan. 1412-yil 25-aprelda Farajning Lajjundagi magʻlubiyati anarxiyaga olib keldi. Al-Mustainni sultonlik uchun bir-biriga qarshi kurashayotgan qoʻzgʻolonchilar qoʻlga olishdi. Oʻzaro kurashayotgan mamluklar oʻz orasidan nomzod tanlay olmasdan, Farajning oʻgʻli Fathullohning maslahati bilan al-Mustainni sulton etib tayinlashdi.

Faraj rasman lavozimidan chetlatilgandan soʻng, al-Mustain 1412-yil 7-mayda istar-istamas sultonlikni qabul qildi. Al-Mustain faqatgina mamluklardan sultonlikdan chetlashtirilgan taqdirda ham xalifalik mansabini saqlab qolish kafolatini olgandan soʻnggina bu lavozimni qabul qilishga rozilik berdi. Faraj taslim boʻlib, oʻlimga hukm qilindi. Qatl hukmi 28-may kuni ijro etildi. Mamluklar saltanati boʻlinib, Navroʻz al-Hafiziy Suriya viloyatlarini oʻz tasarrufiga oldi, al-Mustain esa Shayx al-Mahmudiy va Baktamur Jillik hamrohligida Misrga qaytib ketdi. Al-Mustain 12-iyul kuni Qohira qal’asidagi qarorgohiga joylashdi. Al-Mustain vazirlarni tayinlash va lavozimidan chetlatish bilan shugʻullangan. Sulton nomi bilan tanga zarb qilingan. Bu uning sulton vazifasida hukm yuritish va nomigagina gukmronlik qilish roli bilan cheklanmaslik niyatini bildirardi. Bunday istiqboldan tashvishga tushgan Shayx asta-sekin al-Mustainni ajratib qoʻya boshlab, uni deyarli siyosiy mahbusga aylantirib qoʻydi. Baktamur Jillikning 15-sentyabrda vafot etishi Shayxning hokimiyatni qoʻlga olish jarayonini tezlashtirdi. Bu jarayon 1412-yil 6-noyabrda Shayx oʻzini sulton deb e’lon qilib, al-Muayyaddan unvonni qabul qilgach toʻliq yakuniga yetdi. Uzoq ikkilanishlardan soʻng, al-Mustain rasman sultonlikdan voz kechdi va qal’ada ushlab turildi. Muvaqqat sulton rolini bajarib boʻlgach, dastlab kelishilganidek xalifa boʻlib qolishni istagan. Biroq, 1414-yil 9-martda Shayx al-Mustainni xalifalikdan agʻdarib, oʻrniga ukasi al-Mu’tazid II tayinlagan.

Shayxning al-Mustainni taxtdan tushirishini ulamolar noqonuniy deb eʼlon qilishdi. Shundan soʻng Navroʻz al-Hafiziy Shayxga qarshi kurash olib borishga qaror qildi. Shundan soʻng Navroʻz al-Hofiziy Shayxga qarshi jang qilishga qaror qildi. Shayx 1417-yil 29-yanvarda al-Mustain va Farajning uch oʻgʻlini Iskandariyaga koʻchirdi. XV asr tarixchisi as-Suyutiyning yozishicha, al-Mustain Sulton Sayfiddin Tatar hukmronligi davrigacha Oʻrta yer dengizi boʻyidagi shaharda boʻlgach, qamoqdan ozoq qilingan va Qohiraga qaytishi uchun ruxsat berilgan. Biroq, sobiq xalifa Iskandariyada qolishni tanlab, shahardagi savdogarlardan katta miqdorda pul olgan. Al-Mustain 1430-yilda 40 yoshga toʻlmay, vabodan vafot etgan. Tarixda al-Mustainning sulton vazifasidagi qisqa hukmronligi Abbosiylar siyosiy hokimiyatining qayta tiklanishiga qaratilgan muvafaqqiyatsiz urinish sifatida qaraladi. Ukasi al-Qoim 1455-yilda sulton sifatida hokimiyatni saqlab qolishga harakat qilgan, ammo uddasidan chiqa olmagan. Shunga qaramay, al-Mustainning xalifalik maqomi Misr chegaralaridan ancha uzoqda ham tan olingan. Jumladan, bengaliyalik Gʻiyosiddin Aʼzamshoh kabi hukmdorlar xalifaga katta miqdorda mablagʻlar joʻnatgan.

Qoʻshimcha oʻqish uchun

Yuqori