Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abror Yoʻldoshev 1973-yilda Toshkentda tavallud topgan. Otasi qurilishda, onasi esa savdo sohasida ishlagan. Ularning 3 farzandi boʻlib, Abror Yoʻldoshev eng ki

Abror Yoʻldoshev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abror Yoʻldoshev
Tavalludi 1973-yil
Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSR → Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor

Abror Yoʻldoshev (1973-yil, Toshkent, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik teatr va kino aktyori.

Hayoti

Abror Yoʻldoshev 1973-yilda Toshkentda tavallud topgan. Otasi qurilishda, onasi esa savdo sohasida ishlagan. Ularning 3 farzandi boʻlib, Abror Yoʻldoshev eng kichigi boʻlgan. U 6 olti yoshligida otasi vafot etgan.

Abror Yoʻldoshev yoshligidan maktabdagi drama toʻgaragiga qatnashib yurgan. Maktabni tuganidan keyin institutga oʻqishga topshirgan, lekin imtihondan oʻtolmagan. Keyingi yili esa „A. N. Ostrovskiy“ nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomlik institutining rejissyorlik fakultetida oʻqishga kiradi. U bu paytda Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek drama teatrida rekvizitor boʻlib ishlardi. Talaba boʻlganidan keyin Yosh tomoshabinlar teatri qoshidagi aktyorlik mahorati maktab-studiyasida Nabi Abdurahmonov qoʻlida tahsil oladi.

Faoliyati

Abror Yoʻldoshev dastlab, Mark Vayl nomidagi „Ilhom“ teatrida aktyor, Toshkent xoreografiya bilim yurtida aktyorlik mahorati boʻyicha ustoz sifatida faoliyat yuritgan. U Carlo Gozzining „Malika Turandot“ asarida Xitoy qiroli Altaum rolini, Temur Zulfiqorovning „Umar Xayyom yulduz turkum“" asarida Malikshoh rolini, Lev Tolstoyning „Xolstomer“ asarida General rolini, Sholomaleyxemning „Tomdagi skripkachi“ asarida Mordxa rolini ijro etgan.

Filmografiyasi

Yil Nomi Obraz Izoh
2008 Odno segodnya
2011 Aldangan ayol
2019 Avloniy
2021 Maktab hayotim
2022 Meni sev
2023 Ofitser 55 Serial
Tom-chi
Abdulla Oripov KGB xodimi
Yuqori