Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Rixsixon Ismoilovna Ibrohimova (1937-yil 29-dekabr, Toshkent) – O‘zbekiston SSR xalq artisti (1979). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1

Rixsixon Ibrohimova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rixsixon Ibrohimova
Tavalludi 1937-yil 29-dekabr (1937-12-29) (88 yosh)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston va SSSR
Kasbi aktrisa
Mukofotlari

Mehnat shuhrati ordeni

O‘zbekiston SSR xalq artisti

Rixsixon Ismoilovna Ibrohimova (1937-yil 29-dekabr, Toshkent) – O‘zbekiston SSR xalq artisti (1979). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1959). 1956-yildan Hamza teatri (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri)da. Ibrohimova lirik-dramatik aktrisa boʻlib, yaratgan obrazlari kuchli dramatizmi, hissiyotlarning chuqurligi, mukammal nutq va plastik ifodaviyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Feruza, Gavharshodbegim („Mirzo Ulugʻbek“), Guli („Alisher Navoiy“), Ofeliya, Kardeliya, Emiliya („Hamlet“, „Qirol Lir“, „Otello“), Ozoda, Gulyuz („Imon“, „Qotil“), Hemnolini („Gang daryosining qizi“), Nazmi („Kuyov“), Yorqinoy („Momo xotin“), Bibisalima („Mashrab“), Huri aya („Boshi qotgan oshiqlar“) va b. Shuningdek, bir kator videofilmlarda – Fazilat („Diyonat“), ona („Dunyoning ishlari“, „Alisher Navoiy“); kinoda – Oyxon („Integral“), Toshbonu („Shumbola“), Rixsi aya („Seni izlab“), Xosiyat („Farishtalar olov ichida“), Boʻston („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), kampir („Yuzsiz“), Qurbonbibi („Kecha va kunduz“) kabi obrazlarni yaratgan. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Yuqori