Rossiya gerbi — Rossiya Federatsiyasining davlat bayrogʻi va davlat madhiyasi bilan bir qatorda mamlakatning davlat ramzlaridan biri. Amaldagi gerb 1993-yil 30-noyabrda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2050-sonli farmon bilan tasdiqlangan.
2000-yil 25-dekabrda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin „Rossiya Federatsiyasining davlat gerbi toʻgʻrisida“gi 2-sonli Federal konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Mazkur qonun 1993-yilda tasdiqlangan gerbni davlat ramzi sifatida saqlab qoldi hamda undan foydalanish tartibini belgilab berdi.
Turkum::
- Davlat gerblari