- Vikipediyada ismi Lola va familiyasi Abdullayeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Lola Abdullayeva (1918-yil 13-aprel, Toshkent) – teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964-yil). Toshkent rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1934 – 1938-yil). Olmaotadagi qozoq drama teatrida, soʻng Bishkekdagi teatr rassomlik kollejida ishladi. Abdullayeva 1948 – 1979-yillarda Ogahiy nomidagi Xorazm viloyati Davlat musiqali drama va komediya teatri bosh rassomi. Lola Abdullayevaning „Layli va Majnun“, „Oq nilufar“, „Bahor“, „Togʻ qizi“, „Maʼrifat qurbonlari“, „Paranji sirlari“, „Guli siyoh“, „Navoiy“, „Hamlet“, „Muhabbat qoʻshigʻi“ va boshqa bir qator spektakllar uchun tayyorlagan sahna bezaklari va libos eskizlari milliy boʻyoqlarining oʻziga xosligi, shuningdek, tomoshabinga asar mazmunini aniq va ravshan qilib yetkazishga yordam berishi bilan diqqatga sazovor.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- „LOLA ABDULLAYEVA“. Qaraldi: 6-sentyabr 2024-yil.
- 1918-yilda tugʻilganlar
- 13-aprelda tugʻilganlar