| Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1973-yil 10-iyun Rishton tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Pedagog olim |
| Sohasi | Pedagogika |
| Taʼlimi | Toshkent davlat pedagogika instituti |
| Ilmiy darajasi | Pedagogika fanlari doktori |
| Ilmiy unvoni | Professor |
| Mukofotlari | |
Bahodirjon Shermuhammadov (10-iyun 1973-yil, Rishton tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2016), professor. 2021-yildan Fargʻona davlat universiteti rektori.
Hayoti
Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov 1973-yil 10-iyun Fargʻona viloyati Rishton tumanida tugʻilgan. Otasi Shermuhammad Mirzaolimov va onasi O‘lmasxon Mirzaolimova pedagog boʻlishgan.
Taʼlimi
1990-yilda Rishton tumanidagi 2-maktabni tugatib, shu yili Toshkent davlat pedagogika institutining tarix fakultetiga oʻqishga kirib, 1995-yilda ushbu institutni bitiradi. 2001-yilda Toshkent moliya institutini tugatgan. 2007–2009-yillarda “Nizomiy” nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti
Faoliyati
1996–2002-yillar Toshkent davlat pedagogika universiteti yoshlar tashkiloti rahbari; 2002–2007-yillarda Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani hokimligida bo‘lim boshlig‘i; 2009–2011-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori; 2011–2017-yillarda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot tahlil departamenti xodimi; 2017–2018-yillarda Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining o‘rinbosari; 2018–2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi milliy qadriyatlar, ma'naviyat va ma'rifatni o‘rganish hamda rivojlantirish shoʻbasi bosh konsultanti; 2019–2021-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining yoshlar, ma'naviyat va ma'rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
2021-yildan Fargʻona davlat universiteti rektori.
Ilmiy faoliyati
Bahodirjon Shermuhammadov ilmiy ishlari yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari va ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini ochib berish, milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirish mezonlari va ko‘rsatkichlarni aniqlashtirish hamda pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, bu sohaning pedagogik monitoringini ishlab chiqish va amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga oid.
Bahodirjon Shermuhammadov 2006-yilda “Yoshlar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning pedagogik asoslari” mavzusida nomzodlik ishini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2016-yilda pedagogika nazariyasi va tarixi, ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha “Yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Bahodirjon Shermuhammadov 3 ta monografiya, 4 ta darslik, 60 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.
Mukokofotlari
- “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni (2008-yil).
- 10-iyunda tugʻilganlar
- 1973-yilda tugʻilganlar
- Rishton tumanida tugʻilganlar
- Oʻzbekiston belgisi nishoni sohiblari
- Oʻzbekiston professorlari
- Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari
- Pedagogika fanlari doktorlari
