Vaspurakan podsholigi - oʻrta asrlarda Vaspurakan viloyatida joylashgan arman davlati (908—1021). Vaspurakan podsholigiga Van koʻli atrofidagi hududlar kirgan. Aholisi 1 mln. kishidan ziyod boʻlgai. Vaspurakan podsholigida 10 ga yaqin shahar, 4 mingdan ortiq qishloq, 72 qalʼa, 115 monastir mavjud edi. XI asr boshlarida Vaspurakan podsholigiga turkiy qabilalar tez-tez hujumlar qilib turganlar. Vizantiya tomonidan bosib olingan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Turkum::
- Armaniston: Tarix