Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Shahzoda Qosim (Usmoniy turk tili: شهزاده قاسم‎; 1614-yilda tugʻilgan — 1638-yil 17-fevralda vafot etgan) — Usmoniylar shahzodasi, sulton Ahmad I va uning rafiq

Shahzoda Qosim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shahzoda Qosim

Shahzoda Qosim qabri Istanbuldagi Aya Sofiya ichidagi Murod III maqbarasida joylashgan
Tugʻilishi 1614
Topkapı saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi
Vafoti 1638-yil 17-fevral
Topkapı saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi
Dafn etilgan joy
Murod III maqbarasi, Ayo Sofiya, Konstantinopol
Toʻliq nomi
turkcha: Şehzade Kasım bin Ahmed I
usmonli turkcha: شہزادہ قاسم
Sulola Usmoniylar
Otasi Ahmad I
Onasi Kösem Sulton
Dini Islom, sunniylik

Shahzoda Qosim (Usmoniy turk tili: شهزاده قاسم; 1614-yilda tugʻilgan — 1638-yil 17-fevralda vafot etgan) — Usmoniylar shahzodasi, sulton Ahmad I va uning rafiqasi Kösem Sultonning oʻgʻli. Sulton Usmon II ning ota bir, ona boshqa ukasi, sulton Murod IV ning tugʻishgan ukasi, sulton Ibrohim I ning tugʻishgan akasi.

Hayoti

Shahzoda Qosim 1614-yilda Topkapı saroyida tugʻilgan. Uning otasi Usmoniylar imperiyasi sultoni Ahmad I, onasi esa Kösem Sulton boʻlgan. Otasi 1617-yilda erta vafot etgach, u onasi va aka-ukalari bilan birga Eski saroyga surgun qilingan.

Sulton Murod IV 1623-yilda taxtga chiqqach, Qosim Kafesga qamab qoʻyilgan. Bu joy imperiya haramining bir qismi boʻlib, taxtning ehtimoliy vorislari shu yerda uy qamogʻida, saroy ogʻalari tomonidan doimiy kuzatuv ostida saqlanar edi.

Ibrohimni qatl etilishdan saqlab qolish harakatlari

Turk tarixchisi Necdet Sakaoğluning yozishicha, Murod IV ning notinch hukmronligi davrida Qosim ukasi Ibrohim I ni aybsiz va layoqatsiz qilib koʻrsatish orqali saroyning yashirin joylarida berkitib, uni himoya qilgan.

Oʻlimi

1635-yilda Yerevanda Usmoniylar gʻalabasi nishonlanishi chogʻida uning aka-ukalari Shahzoda Boyazid, Salim va Shahzoda Sulaymon qatl etilgan va natijada, Qosim Usmoniylar taxtining vorisiga aylangan.

Qosim Usmoniylar taxtiga daʼvosi borligi haqida biror shubha uygʻotishdan qattiq qoʻrqardi. Shu bois u 1638-yil 17-fevralda Murod IV huzuriga hurmat bajo keltirish va Bagʻdodni qayta zabt etish yurishida unga muvaffaqiyat tilash uchun borganida oʻzini nihoyatda kamtarona tutgan. Murod IV Qosimning tilaklarini qabul qilgan, biroq aynan oʻsha kuni Murod IV uni qatl etishni buyurgan.

Shahzoda Qosim Ayo Sofiya masjididagi sulton Murod III maqbarasiga dafn qilingan.

Qosimning qatl etilishi Usmoniylar sulolasida birodarlarini qatl ettirishning soʻnggi holati boʻlib qoldi. Shundan soʻng birodarlarini qatl etish qonuni amaldan chiqib bordi va sulola merosxoʻrligi faqat erkak qarindoshlar orasida agnatik katta avlod tartibi asosida tartibga solindi.

Yuqori