| Intellektual mulk |
|---|
![]() |
|
| Tegishli mavzular |
Yuqori toifalar: Mulk and Mulk huquqi |
Shaxsiy nomulkiy huquqlar — mualliflik huquqi bilan himoyalangan asar ijodkorlarining huquqlari boʻlib, ular odatda fuqarolik huquqi tizimiga kiruvchi davlatlarda va birmuncha cheklangan darajada ingliz-amerika umumiy huquq tizimidagi baʼzi yurisdiksiyalarda tan olinadi.
Shaxsiy nomulkiy huquqlarga mualliflik huquqi (asarda oʻz ismini koʻrsatish huquqi), asarni anonim yoki taxallusi ostida chop etish huquqi hamda asar daxlsizligi huquqi kiradi. Agar asarning oʻzgartirilishi, buzib koʻrsatilishi yoki shikastlanishi „muallifning shaʼni yoki obroʻsiga putur yetkazadigan“ boʻlsa, asar daxlsizligining muhofaza qilinishi muallifga bunday harakatlarga eʼtiroz bildirish huquqini beradi. Rassom yoki ijodkorning asar bilan boʻlgan aloqasiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa holat, asar muallifning egaligi yoki mulkidan chiqib ketganidan keyin ham, ushbu shaxsiy nomulkiy huquqlarning amal qilishiga asos boʻla oladi. Shaxshiy nomulkiy huquqlar mualliflik huquqiga bogʻlangan har qanday iqtisodiy (mulkiy) huquqlardan farq qiladi. Muallif asarga boʻlgan mulkiy huquqlarini uchinchi shaxsga oʻtkazgan taqdirda ham, unda asarga nisbatan nomulkiy huquqlar saqlanib qoladi.
Shaxsiy nomulkiy huquqlar birinchi marta Fransiya va Germaniyada tan olingan boʻlib, keyinchalik 1928-yilda Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish boʻyicha Bern konvensiyasiga kiritilgan. Kanada oʻzining „Mualliflik huquqi toʻgʻrisida“gi qonunida shaxsiy nomulkiy huquqlarni eʼtirof etadi. AQSh ushbu konvensiyani 1989-yilda imzolagan va nomulkiy huquqlarning muayyan talqinini AQSh Kodeksining 17-bobi bilan tartibga solinuvchi mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi qonunchiligiga kiritgan. Biroq Bern konvensiyasi oʻz-oʻzidan ijro etiluvchi xalqaro shartnoma hisoblanmaydi va AQShning 1988-yildagi „Bern konvensiyasini tatbiq etish toʻgʻrisida“gi qonuni mamlakatni ushbu konvensiyaning shaxsiy nomulkiy huquqlarga oid qismidan mustasno qiladi.
Ayrim yurisdiksiyalarda shaxsiy nomulkiy huquqlardan voz kechishga ruxsat beriladi. AQShda 1990-yildagi „Tasviriy sanʼat ijodkorlarining huquqlari toʻgʻrisida“gi qonun shaxsiy nomulky huquqlarni tan oladi, biroq u faqat tasviriy sanʼat asarlarining tor doiradagi toifasiga nisbatan qoʻllanadi. „Tasviriy sanʼat ijodkorlarining huquqlari toʻgʻrisida“gi qonun maqsadlaridan kelib chiqilsa, tasviriy sanʼat asarlari sirasiga yagona nusxada yoki 200 tadan koʻp boʻlmagan, imzolangan va raqamlangan cheklangan adadda mavjud boʻlgan rangtasvir, grafika, gravyura, haykaltaroshlik va fotosuratlar kiradi". Fotosurat ushbu kichik toifaga muvofiq tan olinishi uchun u faqat koʻrgazma maqsadlarida olingan boʻlishi lozim. Mustaqil sanʼat ushbu huquqdan voz kechishning asosiy diqqat markazida emas, chunki „Tasviriy sanʼat ijodkorlarining huquqlari toʻgʻrisida“gi qonun faqat „umumeʼtirof etilgan maqom“ga ega deb hisoblanishi mumkin boʻlgan sanʼat asarlarini himoya qiladi. Plakatlar, xaritalar, globuslar, kinofilmlar, elektron nashrlar va amaliy sanʼat namunalari bu qonun himoyasidan mustasno qilingan obyektlar qatoriga kiradi.
„Tasviriy sanʼat ijodkorlarining huquqlari toʻgʻrisida“gi qonun ijodkorlarga ikkita aniq huquqni taqdim etadi: mualliflik huquqi va asar daxlsizligi huquqi. Mualliflik huquqi muallifga oʻz asariga muallifligini talab qilish, oʻz asarining boshqa muallifga notoʻgʻri nisbat berilishining oldini olish hamda asarga nisbatan anonim yoki taxallusdagi egalik huquqini saqlab qolish imkonini beradi. Daxlsiz hisoblanish huquqi esa asarning buzib koʻrsatilishi yoki oʻzgartirilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. Bu esa ijodkorning asari notoʻgʻri talqin qilinishi oqibatida uning shaxsiy, ijodiy yoki professional obroʻsiga bevosita putur yetishi hamda qoralanishi bilan bogʻliq xavotirlarini kamaytiradi.
Jahon miqyosidagi vaziyat
Yevropa
Yevropaning aksariyat davlatlarida mualliflar oʻzlarining shaxsiy nomulkiy huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazishlari yoki ulardan butunlay voz kechishlari mumkin emas. Bu Yevropa mualliflik huquqi tizimining oʻziga xos anʼanasidan kelib chiqadi, yaʼni unda mualliflik huquqi sotilishi mumkin boʻlmagan, balki faqat litsenziya asosida foydalanishga beriladigan mulk obyekti sifatida qaraladi. Muallif ushbu huquqlardan faqat cheklangan darajada voz kechishga rozi boʻlishi mumkin (va bunday shartlar Yevropadagi shartnomalarda juda keng tarqalgan). Shuningdek, ushbu shaxsiy nomulkiy huquqlar qonuniy kuchga kirishi va himoya qilinishi uchun muallif tomonidan ularni „talab qilish“ talabi mavjud boʻlishi mumkin. Masalan, koʻplab kitoblarda bu jarayon mualliflik huquqi sahifasida, Britaniya kutubxonasi/Kongress kutubxonasi maʼlumotlari va mualliflik huquqiga oid boshqa axborotlar bilan bir qatorda amalga oshiriladi.
Yana qarang
- Shaxsiy huquqlar
- Klassik asarlarni himoya qilish
Qoʻshimcha oʻqish uchun
- Peter E. Berlowe, Laura J. Berlowe-Heinish, and Peter A. Koziol, „In this Digital Age, Are We Protecting Tomorrow’s 'Masterpieces'? Protection of the Moral Rights of the Digital Graphic Artist“, 81 Fla. Bar J. 30 (2007)
- Laura Gassaway, Information Outlook, Vol. 6, No. 12 (December 2002), pp. 40–41.
- Patrick Masiyakurima, „The Trouble with Moral Rights“, The Modern Law Review (May 2005), 68 (3), pp. 411–434
- Cyrill P. Rigamonti, , 47 Harv. Intʼl L. J. 353 (2006) (PDF)
- Cyrill P. Rigamonti, , 55 American Journal of Comparative Law 67 (2007)
- Mira T. Sundara Rajan, "Moral Rights and Copyright Harmonisation — Prospects for an 'International Moral RightAndoza:'" (Wayback Machine saytida 2016-06-15 sanasida ), British and Irish Law Conference, 2002, Free University, Amsterdam
- Intellektual mulk huquqi
- Mualliflik huquqi
