| Qutbiddin Nukriddinovich Burxonov | |
|---|---|
Кутбидин Нукритдинович Бурхонов | |
![]() | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi | |
| Mansab davri 2020-yil 20-yanvardan – hozirgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Qodir Joʻrayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1947-yil 14-dekabr Andijon |
| Siyosiy partiyasi | Adolat sotsial-demokratik partiyasi |
| Mukofotlari | |
| Vebsayti | senat.uz/senators/30 |
| Unvoni | General-mayor |
Qutbiddin Nukriddinovich Burxonov (1947-yil 14-dekabr, Andijon) – oʻzbekistonlik yurist, pedagog va davlat arbobi, general-mayor. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi.
Biografiyasi
1965—1969 – Andijon shahridagi 162-sonli qurilish tresti ishchisi, uchastka mexanigi.
1969—1973 – Toshkent militsiya maktabi tinglovchisi.
1973-yildan 1992-yilgacha Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida tergov boʻlimi tergovchisi lavozimidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – tergov boʻlimi boshligʻigacha boʻlgan lavozimlarda ishlagan.
1992—1993-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasi boshligʻi.
1993—1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.
1995—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
1997-yil sentyabrda nomaʼlum sabablarga koʻra egallab turgan lavozimidan boʻshatilgan. Keyinchalik, 20 yil davomida oliy taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyatini olib borgan.
2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi etib tayinlandi.
2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga oʻtib, bir yil davomida yuristlar malakasini oshirish instituti direktori boʻlgan.
2020-yil 20-yanvar kuni Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi etib saylangan.
2023-yilda Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha komissiya aʼzosi boʻlgan.
2023-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashining aʼzosi
1992-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist faxriy unvoni berilgan.
2020-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.
- 14-dekabrda tugʻilganlar
- 1947-yilda tugʻilganlar
- Andijonda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yuristlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston generallari
- Oʻzbekiston senatorlari
- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bitiruvchilari
