| Christian Bale | |
|---|---|
![]() Christian Bale (2009) | |
| Tavalludi | Christian Charles Philip Bale 1974-yil 30-yanvar Haverfordwest, Pembrokeshire, Ueyls, BQ |
| Kasbi | aktyor |
| Faoliyat yillari | 1982—bugun |
Christian Charles Philip Bale (talaffuzi: Krischen Charlz Filip Beyl; 30-yanvar, 1974) ingliz aktyordir.Amerika filmlarida suratga tushib tanilgan Bale mustaqil va art filmlarda ham rollar ijro etgan.
Bale oʻzbek tomoshabiniga ilk bora Bolaginam Mio (1987) filmidagi Jum-Jum roli orqali tanilgan, dunyo eʼtiboriga esa Steven Spielberg'ning Empire of the Sun (1987) filmida rol oʻynab tushgan. 2000-yili u Amerika Jinnisi filmida Patrick Batemam ismli serial qotil rolini ijro etib, kinotanqidchilar maqtoviga erishdi. 2004-yilgi Mashinist kinosida qiltiriq stanokchi rolida suratga tushish uchun 28 kilo vazn yoʻqotib, metodli ijrochi (yaʼni rolga butunlay kiruvchi ijrochi) ekanligini isbotladi.
Bale Christopher Nolan'ning Batman Muqaddima (2005), Qora Ritsar (2008) va Qora Ritsar: Afsonaning qaytishi (2012) filmlarida Batman rolini ijro etib, katta tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. 2010-yilgi Kurashchi filmidagi Dicky Eklund roli esa unga Oscar mukofotini keltirdi.
- 30-yanvarda tugʻilganlar
- 1974-yilda tugʻilganlar
- Oscar mukofoti sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Oltin Globus mukofoti sovrindorlari
- Screen Actors Guild Awards sovrindorlari
- Amerikalik erkak aktyorlar
- Amerikalik erkak televideniye aktyorlari
- Amerikalik erkak ovoz aktyorlari
- Angliyalik erkak aktyorlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha aktyorlar
