Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mansur Saidov - Sobiq futbolchi va hozirda murabbiy. Yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan. Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan birgalikda BAA 2003 jahon c

Mansur Saidov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mansur Saidov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mansur Saidov
Tavallud sanasi 1983-yil 1-noyabr (1983-11-01) (42 yosh)
Tavallud joyi Qoʻshtepa tumani, Fargʻona viloyati Oʻz SSR SSSR
Boʻyi 172 sm
Ampluasi Pleymeker
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Qoʻshtepa
Neftchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2013 Neftchi
2014 Bunyodkor
2014—2015 Navbahor
2016 Neftchi
2017 Navbahor
2017 Neftchi
2018 Soʻgʻdiyona
2019—2020

Neftchi

klublar9=Istiqlol Fargʻona
Milliy terma jamoa
2007—2012 Oʻzbekiston 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Mansur Saidov - Sobiq futbolchi va hozirda murabbiy. Yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan. Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan birgalikda BAA 2003 jahon chempionatida ishtirokchisidir.

Futbolchilik faoliyati

Neftchi

Mansur Fargʻona futboli maktabi tarbiyalanuvchisi. Faoliyatini dastlabki davrida Qoʻshtepa futbol maktabida keyinchalik „Neftchi“ futbol maktabida davom ettirdi. 2000-yildan rasman „Neftchi“ futbolchisi sifatida faoliyatini boshladi. 2001-yilgi Oʻzbekiston Superligasida soʻnggi erishilgan chempionlik tarkibida Saidovning ham hissasi bor edi. „Nefchi“ klubi safida 2013-yilgacha toʻp surgan xolda keyinchalik mahalliy birinchilikda bir nehca jamoa bilan sovrindorlar safidan joy oldi va jamoaning muhim oʻyinchilaridan biriga aylandi. 2008-yilgi mavsumda Akmal Xolmatov jamoani tark etishi bilan klubning asosiy pleymekeriga aylandi va jamoaning muhim gollar aynan uning pasi bilan boshlanar edi.

Bunyodkor

2013-yilgi mavsum soʻnggida "Neftchi" klubi bilan 13 yillik oʻzaro hamkorlikdan soʻng, Toshkentning „Bunyodkor“ klubi safiga oʻtdi. Qaldirgʻochlar safida yanggi mavsumga tayyorgarlik olib borganlekin jamoa safidan oʻrin olmadi va masum boshida Namanganning „Navbahor“ jamoasiga.

Mavsum startida milliy birinchilik boshlanishidan avval Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtdi. 2015-yilgi mavsum avvalida oʻzining sobiq jamoasi "Neftchi klubi safiga qaytdi. 2017-yilgi mavsumda yarim mavsum „Navbahor“ jamoasi safida oʻynaganidan soʻng yana Fargʻonaga „Neftchi“ klubi safiga qaytdi. Keyinchalik birinchi liga jamoalarida toʻp surdi.

Milliy terma jamoa

Yoshlar toifasida bir necha jamoalarda toʻp surgan. 2003-yilda tarixda ilk bor Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan. Kattalar safidagi debyutini 2007-yil Rauf Ineleyev qoʻl ostida oʻtkazgan. Milliy terma jamoa safida jami 4 ta uchrashuv oʻtkazgan

Murabbiylik faoliyati

Mansur faoliyatini yakunlaganidan soʻng 2022-yilda „Neftchi“ klubi U-19 jamoasi murabbiy etib tayinlandi.

Yutuqlar

  • Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2001 (1)
  • Oʻzbekiston Superligasi Ikkinchi oʻrin: 2000, 2002, 2003, 2004, 2006,
  • Oʻzbekiston Superligasi Uchinchi oʻrin: 2008
  • Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2001, 2002, 2005
Yuqori