| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Zuhra Ashurova — Sovet va Oʻzbek teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekiston xalq artisti. Zuhra Ashurova 1961-yilda Toshkent viloyatining Qibray tumanida tugʻilgan.1979-1983 yillarda Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining teatr va kino aktyorligi yoʻnalishini tugatgan. 1983-yildan buyon Xamza- hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatrida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 2000-yili „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist", 2016 - yili esa Oʻzbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.
Faoliyati
Zuxra Ashurova teatrda sahnalashtirilgan 100 ga yaqin asarlarda turli xil xarakterdagi murakkab rollarni ijro etdi. U teatr sahnasida namoyish etilgan jahon va oʻzbek klassikasi hamda zamonaviy asarlarda bir qator obrazlar galereyasini yaratib, bugungi kunda teatrning yetakchi aktrisalaridan biriga aylandi. Aktrisa tomonidan „Armon“ spektaklidagi Laura, „Apelsin ishqi“dagi Niketta, „Hayotdan toʻygan tun“dagi Bayan, „Tun albatta oʻtadi“dagi Amaliya, „Sohibqiron“dagi Bibixonim, „Uvaysiy“dagi Nodirabegim, „Yorqinoy“dagi Yorqinoy, „Muhabbat sultoni“dagi Layli, „Mehrobdan chayon“dagi Raʼno, „Oʻtkan kunlar“dagi Oftoboyim, „Yaralangan oqqush nolasi“dagi Zebo, „Yigʻlama qiz“dagi Qumri, „Kunduzsiz kechalar“dagi Soliha, „Eng suluvli kelinchak“dagi Gulbarchin, „Andishalik kelinchak“dagi Munisa, „Neksiya“ dagi Nilufar, „Uyqusiz kechalar“ dagi Mohira, „Tortadurman jabrimni“ dagi Farogʻat kabi bosh rollar ijro etilgan. Zuxra Ashurova kinofilmlarda, televideniya va radioda yaratgan 30 dan ziyod obrazlari bilan el orasida isteʼdodli sanʼatkor sifatida tanilgan. Aktrisa, shuningdek, „Turmush chorrahalari“, Odamlar orasida" turkumidagi videofilmlarda, „Osmondagi bolalar“, „Muhabbat sinovlari“, „Notanish“, „Jodugar“, „Hijron“, „Koreyalik kelin“, „Vijdon“ filmlarida munis ayollarimiz siymosini koʻrsatdi. Oʻzbekiston radiosidagi „Oʻtkan kunlar“ radiospektaklida Kumushbibi va boshqa radiopostanovkalarda bir qator yorqin obrazlar yaratdi.
Filmografiyasi
| Yil | Film nomi | Obraz |
| 2002 | Muhabbat sinovlari | Boburning onasi |
| 2004 | Muhabbat sinovlari 2 | Boburning onasi |
| 2008 | Zirapcha | Manzura |
| 2009 | Ichkuyov | Elyorning onasi |
| 2010 | Oʻyin ichida oʻyin | |
| 2011 | Oʻxshatmasdan uchratmas | |
| 2011 | Hi Fi bolakay | Azizning onasi |
| 2012 | Koreyalik kelin | Jamila |
| 2013 | Aql va yurak | |
| 2014 | Soʻnggi nafasimgacha | Salima |
| 2014 | Yoʻqotilgan vaqt | Ustoz |
| 2015 | Ayriliq 2 | |
| 2016 | Boy boʻlma sahiy boʻl | Hadicha |
| 2017 | Jonim azobda |
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar