| Ibrohim al-Mavsiliy | |
|---|---|
| Tavalludi | 742 Kufa |
| Vafoti | 804 Bagʻdod |
| Kasbi | musiqachi, bastakor |
Abu Isʼhoq Ibrohim al-Mavsiliy (arabcha: أبو إسحاق إبراهيم الموصلي; 742–804) – asli kelib-chiqishi fors millatiga mansub boʻlgan musiqachi, ilk Abbosiylar davrining eng buyuk bastakorlaridan biri. Ray shahrida arab va fors musiqasi boʻyicha tahsil olgach, Abbosiylar xalifaligi poytaxti Bag‘dod shahriga chaqirilgan va u yerda ketma-ket uch xalifa: al-Mahdiy, al-Hodiy va Horun ar-Rashid saroyida xizmat qilgan. Ayniqsa, Horun ar-Rashid bilan yaqin munosabatda boʻlib, oʻz zamonasining yetakchi musiqachisiga aylangan. Uning shogirdlari orasida Muxoriq, Zalzal va Ziryob kabi mashhur musiqachilar boʻlgan. Abu Is’hoqning nomi „Ming bir kecha“ rivoyatlarida tilga olinadi
Hayoti va faoliyati
Abu Is’hoq Kufa shahrida tugʻilgan. Yoshligida ota-onasidan ayrilgan va amakisining qoʻlida tarbiyalangan. Oradan bir yil oʻtgach, Ray shahriga borib, u yerda xalifa al-Mansurning elchisini uchratgan, bu esa unga Basraga kelib, qoʻshiqchilik saboqlarini olish imkonini bergan. Abu Is’hoqni ilm emas, balki qoʻshiq aytish koʻproq jalb qilgan va yigirma uch yoshida Mosulga qochib, u yerda erkin yashovchi yoshlardan iborat bir guruhga qoʻshilgan. Uning qoʻshiqchilikdagi shuhrati tez orada yoyilgan va xalifa al-Mahdiy uni saroyiga chaqirgan. Abu Is’hoq al-Hodiy davrida ham saroyda uning sevimli kishilaridan boʻlgan, shuningdek, Horun ar-Rashid uni doimiy ravishda oldida olib yurgan. Abu Is’hoqning vafotidan soʻng esa xalifa oʻgʻli al-Maʼmunga marhum uchun duo qilishni buyurgan.
- Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari
- 742-yilda tugʻilganlar
- 840-yilda vafot etganlar