Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Baxtiyor Qosimov (ruscha: Бахтиёр Косимов; 1995-yil 1-oktyabrda, Andijonda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, Iroq Premyer-ligasi ishtirokchisi, Bagʻdodning „Aman

Baxtiyor Qosimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Baxtiyor va familiyasi Qosimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Baxtiyor Qosimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Baxtiyor Qosimov
Tavallud sanasi 1995-yil 1-oktyabr (1995-10-01) (30 yosh)
Tavallud joyi AndijonOʻzbekiston
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Amanat Bagʻdod SC
Raqami 77
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2021 Andijon 95 (5)
2022 Surxon 12 (1)
2022—2023 Al-Xor SC 8 (1)
2023—2024 OKMK 7 (0)
2024 Qizilqum 10 (0)
2025 Qoʻqon 1912 15 (0)
2025— Amanat Bagʻdod SC 12 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Baxtiyor Qosimov (ruscha: Бахтиёр Косимов; 1995-yil 1-oktyabrda, Andijonda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, Iroq Premyer-ligasi ishtirokchisi, Bagʻdodning „Amanat Bagʻdod“ klubida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Faoliyati

Baxtiyor futbolchilik faoliyatini Andijonning „Andijon“ jamoasida boshlagan. Faoliyati davomida „Paxtakor-79“ jamoasida ham ijara asosida oʻynagan. Qosimov Andijon jamoasi tarkibida 2022-yilgi mavumgach oʻynagan. 2022-yilgi mavsumda Termizning „Surxon“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Termiz jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida oʻynagan va samarali oʻyinlari sababli yozgi transfer oynasida Qatarning „Al-Xor SC“ klubi tarkibiga oʻtgan.

Qatar jamoasi tarkibida bir yil davomida toʻp surdi va jamoa bilan birgalikda Qatar ikkinchi ligasida ikkinchi oʻrinni oldi. 2023-yil yozgi transfer oynasida Qatar jamoasi bilan shartnomasi yakunlandi va sentyabr oyida Olmaliqning „OKMK“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Yutuqlari

  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2018
  • Qatar Ikkinchi ligasi ikkinchi oʻrin: 2022
Yuqori