![]() Schlotterbeck 2023-yil Borussia Dortmund safida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Nico Cedric Schlotterbeck | ||
| Tavallud sanasi | 1999-yil 1-dekabr | ||
| Tavallud joyi | Waiblingen, Germaniya | ||
| Boʻyi | 1.91 m | ||
| Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Borussia Dortmund | ||
| Raqami | 4 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| –2015 | VfR Aalen | ||
| 2015–2017 | Karlsruher SC | ||
| 2017–2018 | SC Freiburg | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2018–2020 | SC Freiburg II | 25 | (2) |
| 2019–2022 | SC Freiburg | 49 | (4) |
| 2020–2021 | → Union Berlin (ijara) | 16 | (1) |
| 2022– | Borussia Dortmund | 61 | (6) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2017 | Germaniya U-18 | 1 | (0) |
| 2017–2018 | Germaniya U-19 | 2 | (0) |
| 2018 | Germaniya U-20 | 3 | (0) |
| 2019–2021 | Germaniya U-21 | 13 | (3) |
| 2022– | Germaniya | 12 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (21-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8-iyun uchun) | |||
Nico Cedric Schlotterbeck (1999-yil 1-dekabr) – Germaniyalik professional futbolchi, Bundesliga jamoasi Borussia Dortmund va Germaniya milliy terma jamoasining markaziy himoyachisi.
Karyerasi
SC Freiburg
Schlotterbeck 2019-yil 9-mart kuni SC Freiburg safida katta futboldagi debyutini oʻtkazadi. U Hertha BSCga qarshi oʻyinida Filipp Lienhart oʻrniga ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga qoʻshiladi. Freiburg safidagi soʻnggi oʻyinda DFB-Pokal finalda magʻlubiyatga uchraydi, shunga qaramasdan Schlotterbeck finalning eng yaxshi oʻyinchisi sovriniga sazovor boʻldi.
Union Berlin (ijara)
2020-yil 31-iyul kuni Schlotterbeck Union Berlin jamoasi bilan bir yillik ijara shartnoma imzolaydi.
Borussia Dortmund
2022-yil 2-may kuni Borussia Dortmund Schlotterbeck bilan besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Bu transfer asalarilar uchun 25 million yevroga tushgan.
Terma jamoadagi faoliyati
Schlotterbeck 2021-yil sentyabr oyida FIFA Jahon chempionati saralash bahslarida murabbiy Hansi Flick boshqaruvidagi Germaniya milliy terma jamoasidan ilk chaqiruvni oladi. U oʻzining debyutini 2022-yil 27-mart kuni Isroilga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazadi. Keyinchalik esa 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatining yakuniy qaydnomasiga ham kiritiladi.
Schlotterbeck UEFA Yevro 2024 turnirida ham terma jamoasi tarkibiga jalb qilingan.
Shaxsiy hayoti
Schlotterbeck Freiburg safida toʻp surgan sobiq professional futbolchi Niels Schlotterbeckning jiyani. Uning akasi Keven ham professional futbolchi boʻlib, hozirgi kunda Freiburg safida toʻp surmoqda.
Statistikasi
Klub
- 2024-yil 1-iyun holatiga koʻra
| Klub | Mavsum | Liga | Umumiy | |||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| SC Freiburg II | 2018–19 | Regionalliga Südwest | 24 | 2 | 24 | 2 |
| 2019–20 | Regionalliga Südwest | 1 | 0 | 1 | 0 | |
| Umumiy | 25 | 2 | 25 | 2 | ||
| SC Freiburg | 2018–19 | Bundesliga | 4 | 0 | 4 | 0 |
| 2019–20 | Bundesliga | 13 | 0 | 14 | 0 | |
| 2021–22 | Bundesliga | 32 | 4 | 38 | 4 | |
| Umumiy | 49 | 4 | 56 | 4 | ||
| Union Berlin (ijara) | 2020–21 | Bundesliga | 16 | 1 | 17 | 2 |
| Borussia Dortmund | 2022–23 | Bundesliga | 28 | 4 | 39 | 4 |
| 2023–24 | Bundesliga | 33 | 2 | 48 | 2 | |
| Umumiy | 61 | 6 | 87 | 6 | ||
| Umumiy | 151 | 13 | 185 | 14 | ||
- 2024-yil 7-iyun holatiga koʻra
| Milliy jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Germaniya | 2022 | 8 | 0 |
| 2023 | 3 | 0 | |
| 2024 | 1 | 0 | |
| Umumiy | 12 | 0 | |
Sovrinlar
SC Freiburg
- DFB-Pokal finalchisi: 2021-22
Borussia Dortmund
- UEFA Chempionlar ligasi finalchisi: 2023-24
Germaniya U-21
- UEFA U-21 Yevropa chempionati: 2021
- 1-dekabrda tugʻilganlar
- 1999-yilda tugʻilganlar
- UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- Bundesliga futbolchilari
- Borussia Dortmund futbolchilari
- Germaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- Erkaklar futbol markaziy himoyachilari
- Germaniyalik erkak futbolchilar
- Yashayotgan insonlar
