Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Duglas Augusto Soares Gomes (1997-yil 13-yanvarda tugʻilgan) – braziliyalik professional futbolchi, Fransiyada „Ligue 1“ musoboqasining „Nantes“ klubida yarim h

Douglas Augusto

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Douglas Augusto
2020-yil Duglas Augusto PAOK jamoasi tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Douglas Augusto Soares Gomes
Tavallud sanasi 1997-yil 13-yanvar (1997-01-13) (29 yosh)
Tavallud joyi Rio-de-Janeyro, Braziliya
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nantes
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004–2015 Fluminense
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015–2018 Fluminense 53 (3)
2018–2019 Corinthians 15 (1)
2019 → Bahia (ijara) 7 (0)
2019–2023 PAOK 89 (10)
2023– Nantes 24 (0)
Milliy terma jamoa
2016 Braziliya U20 3 (0)
2019 Braziliya U23 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 20-aprel uchun)

Duglas Augusto Soares Gomes (1997-yil 13-yanvarda tugʻilgan) – braziliyalik professional futbolchi, Fransiyada „Ligue 1“ musoboqasining „Nantes“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Karyerasi

Braziliya

Rio-de-Janeyroda tugʻilgan Duglas 2004-yilda 7 yoshida Fluminense klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. 2015-yil 6-sentyabrda oʻzining Braziliya A Seriyadagi debyutini Flamengog jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va jamoasi 3:1 hisobida gʻalaba qozongan.

Duglas 2016-yilgi mavsumda klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan va fevral oyida shartnomasini 2021-yilgacha uzaytirgan. Douglas oʻzining birinchi golini oʻsha yilning 13-sentyabrida „Atletiko Mineyro“ klubiga qarshi, oʻz boʻlga oʻyinda kiritgan va jamoasi 4:2 hisobida gʻalaba qozongan. 2018-yilgi mavsumini „Fluminense“ klubida boshlagan, biroq keyinchalik yozda „Corinthians“ klubiga 1 million yevro evaziga oʻtgan. 2019-yil yanvar oyida Duglas „Corinthians“ tomonidan „EC Bahia“ klubiga ijaraga berilgan va 22 yoshli futbolchi keyinchalik 2019-yilgi Braziliya A Seriya mavsumida 7 ta oʻyinda maydonga tushgan.

PAOK

2019-yilning 1-iyulida PAOK klubi „Corinthians“ jamoasidan Duglas Augusto sotib olganini va futbolchi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Nantes

2023-yil 13-avgustda Fransiyaning „Nantes“ jamoasi Douglas bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan

Yuqori