- Vikipediyada ismi Safar va familiyasi Ostonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Safar Ostonov | |
|---|---|
| Tavalludi | 13-oktyabr 1948 |
| Vafoti | 8-iyun 2021 |
| Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Safar Ostonovich Ostonov (1948-yil 13-oktabr, Samarqand viloyati, OʻzSSR, SSSR – 2021-yil 8-iyun, Oʻzbekiston) – „Oʻzbekiston ovozi“ va „Golos Uzbekistana“ gazetalari jurnalisti, bosh muharriri boʻlgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
Tarjimai holi
1948-yil 13-oktabrda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1972-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. 1971-yilda respublika yoshlar gazetasida musahhih sifatida ish boshlagan. 1990-1996-yillarda „Sport“ va „Oʻzbekiston futboli“ gazetalarida bosh muharrir boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 1996-2002-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti devonida maslahatchi boʻlib ishlagan. 2002-yilda „Oʻzbekiston ovozi“ va „Golos Uzbekistana“ gazetalariga bosh muharrir etib tayinlangan. 2019-yilda OʻzXDPdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan. Safar Ostonov 2021-yil 8-iyun kuni vafot etgan.
Mukofotlari
1999-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoni bilan taqdirlangan.
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari
- Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zolari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar