| Tom Cruise | |
|---|---|
![]() Cruise San Diego Comic-Conda (2019) | |
| Tavalludi | Thomas Cruise Mapother IV 1962-yil 3-iyun Syracuse, Nyu-York, AQSh |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktyor, prodyuser |
| Faoliyat yillari | 1981-yildan bugungi kungacha |
| Turmush oʻrtogʻi |
|
| Bolalari | 3 |
| Mukofotlari |
|
| Veb-sayt | tomcruise.com |
Thomas Cruise (talaffuzi: Tomas Kruz; 1962-yil 3-iyulda tugʻilgan) amerikalik aktyor, rejissyor va prodyuserdir. Uch karra „Akademiya(Oscar)“ mukofoti nomzodi, uchta „Oltin globus“ mukofoti sohibi.
Box Office Mojo malumotlariga koʻra $ 570 million dollar mablagʻi bilan dunyodagi eng yuqori maosh oluvchi aktyorlardan biri hisoblanadi. Uning filmlari Shimoliy Amerikada $ 4 milliard dollar, butun dunyo boʻylab $ 10,1 milliard dollardan ortiq foyda keltirgan. U barcha davrlarning eng yuqori koʻp daromad keltirgan aktyorlardan biridir.

Hayoti
Tom oiladagi uchinchi farzand, uning uchta singlisi bor. Hozir akasining mashhurligidan yashirinib Okeaniyada yashashadi. Tomning onasi Meri Li Phaypher oʻqituvchi-defektolog,Tomas Kruizning otasi Mapoter III esa muhandis edi. Ish qidirishda oila tez-tez koʻchib yurardi, bu aktyorning bolaligining qiyin sabablaridan biri boʻldi. Tom 12 yoshida, ota-onasi ajrashishdi. 14 yoshida u AQSh va Kanadadagi 15 ta maktabni oʻzgartirdi. Nihoyat, Tomning oilasi boʻlajak aktyor oʻrta maktabni tugatgan Nyu-Jersi shtatidagi Glen Ridjda joylashdi .
Tom aktyorlik faoliyatini 1981-yilda „Cheksiz sevgi“ filmidagi kichik roldan boshlagan. Uning shuhrat qozongan birinchi asosiy roli „Xavfli biznes“ (1983) filmida suratga tushgan .
Birinchi rafiqasi (1987-1990) Mimi Rogers .
Ikkinchi rafiqasi (1990-2001) Nicole Kidman. (asrab olingan ikkita farzand: qizi Izabella Jeyn va oʻgʻli Connor Entoni.)
Uchinchi rafiqasi (2006-2012) Katie Holmes — 2012-yil avgust oyida rasmiy ravishda ajrashgan. qizi Suri Kruz (2006-yil 18-aprelda tugʻilgan).

Mimi Rogers bilan turmush qurgandan ajrashganidan soʻng, Kruiz aktrisa Nicole Kidmanga uylandi.
Kruiz va Kidmanlar oilasi 2001-yilda 9 yil va 11 oylik nikohdan keyin ajralishdi. Ushbu nikohdan Kruiz asrab olingan ikkita farzand qoldi, qizi Izabella Jeyn va oʻgʻli Connor Entoni.
Filmografiyasi
- 3-iyunda tugʻilganlar
- 1962-yilda tugʻilganlar
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Yashayotgan insonlar
- Amerikalik erkak aktyorlar
- Amerikalik kinoprodyuserlar
