| Abdulaziz Karim | ||
|---|---|---|
| Maʼlumot | ||
| Tavallud topgan sanasi va joyi | 1973-yil 23-noyabr Toshkent shahri | |
| Yo'nalishi | Estrada | |
| Kasbi | Artist | |
| Faoliyat yillari | 1998-yildan | |
| Mukofotlari | Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (mahrum qilingan) | |
Abdulaziz Karim (1973-yil 23-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, V. A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi bitiruvchisi. 2005-yildan siyosiy taʼqiblarga uchrab, qidiruvda boʻlgan. Sanʼat sohasidagi ustozi Toʻlqin Umarovich Qurbonov hisoblanadi.
Abdulaziz Karim 2000-yilda Nihol mukofoti sovrindori boʻlgan. 2003-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvonini olgan.
Tarjimai holi
Abdulaziz Karim musiqa maktabini 1991-yilda tamomlab, 1991—1996-yillarda Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitsiya fakultetida taʼlim olgan. U 1 qismlik opera, 2 ta simfoniya va xor jamoasi uchun 70dan ortiq asarlar yozgan. Yevropa darajasidagi musiqa turlariga talab kamligi sababli 1998-yildan estrada yoʻnalishida ijod qila boshlagan.
Abdulaziz Karimning „Uzun armonlar“, „Qurbon boʻlaman“, „Yagonam oʻzing“ qoʻshiqlari hamda Rayxon Gʻaniyeva bilan hamkorlikda kuylagan „Erkatoyim mani yoqimtoyim“ dueti xit darajasiga koʻtarilgan.
Mashhur taronalari
| T/R | Qoʻshiq nomi | Chiqqan yili |
|---|---|---|
| 1. | Qurbon boʻlaman | - |
| 2. | Yonimda | - |
| 3. | Gʻarib ogʻoch | - |
| 4. | Uzun armonlar | - |
| 5. | Nozli guloyim | - |
| 6. | Xato | - |
| 7. | Taxayyul tuni | - |
| T/R | Qoʻshiq nomi | Duetdoshi | Chiqqan yili |
|---|---|---|---|
| 1. | Erkatoyim mani yoqimtoyim | Rayxon Gʻaniyeva | - |
| 2. | Yagonam oʻzing | Sevara Nazarhon | - |
- 23-noyabrda tugʻilganlar
- 1973-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Sanʼatkorlar
- Kishilar
- Nihol mukofoti sovrindorlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Yashayotgan insonlar