Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gavharoro begim (forscha: گوہر آرا بیگم‎‎; „Gavharlar bilan bezatilgan“ 1631-yil 17-iyun – taxminan"}]],"parts":[{"template":{"target":{"wt":"Circa","href":"./A

Gavharoro begim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vikipediyada ismi Gavhar boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Gavhararo Begim
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1631-yil 17-iyun
Burhonpur, Hindiston
Vafoti 1706-yil
Dehli, Hindiston
Onasi Mumtoz Mahal
Otasi Shoh Jahon
Dini sunni islom

Gavharoro begim (forscha: گوہر آرا بیگم; „Gavharlar bilan bezatilgan“ 1631-yil 17-iyun – tax. 1706) Boburiylar malikasi va imperator Shoh Jahon va uning rafiqasi Mumtoz Mahalning oʻn toʻrtinchi va kenja farzandi boʻlgan.

Uning onasi 1631-yilda uni dunyoga keltirish vaqti vafot etdi. Gavhararo esa tugʻilishdan omon qoldi va yana umr koʻrib, yashadi. U haqida va u otasining taxti uchun vorislik urushida qatnashganmi yoki yoʻqmi, kam maʼlumotgina yetib kelgan.

Hayot

1631-yil 17-iyunda, onasi Mumtoz Mahal vafot etgan kuni tugʻilgan Gavhararo Begim otasi va akasi hukmronligi davrida obroʻsi ancha past boʻlgani koʻrinadi. Dalillar uning toʻrtinchi akasi Murod Baxshning merosxoʻrlik urushi davrida taxtga daʼvogarligini qoʻllab-quvvatlagan boʻlishi mumkinligini koʻrsatmoqda. Agar bu rost boʻlsa ham, bunday maʼlumotlar haqiqatga uncha mos kelmaydi, chunki otasi va singlisi Jahonarodan farqli oʻlaroq, u keyinchalik taxtni egallagan gʻolib akasi Avrangzeb tomonidan qamoqqa tashlanmagan.

Gavhararo begim otasi taxtdan ketgandan keyin oilaviy sulolasi farzandlarining nikohlarini va toʻy-tantanalarini tashkil qilishda ishtirok etadi. 1673-yilda uning katta akasi Daraning oʻgʻli Sipihr Shikoh Avrangzebning qizi Zubdat-un- Nisoga uylanganida, Gavhararo va uning amakivachchasi Hamidabonu Begim toʻy marosimini oʻtkazganlar. U 1672-yilda Daraning nabirasi Salimabonu Begim (Gavhararo uni tarbiyab voyaga yetkazgan) va Avrangzebning toʻrtinchi oʻgʻli shahzoda Muhammad Akbar bilan turmush qurishda katta rol oʻynagan. U kelinning onasi vazifasini bajargan. Toʻy tantanalarini oʻtkazish uchun Dehli darvozasidan Begim saroyigacha boʻlgan yoʻlning ikki tomonida (yaʼni yoritish uchun) yogʻoch konstruksiyalar oʻrnatilgan".

Vafoti

Gavhararo Begim 1706-yilda Shohjahonobodda vafot etadi. Oʻsha paytda Dekanda hokimlik qilayotgan Avrangzeb uning oʻlimdan qattiq hayratda qoldi. U doimiy ravishda „Shoh Jahonning barcha bolalari ichida u va men yolgʻiz qoldik“, deb takrorlagani manbalarda keltirilgan.

Shajarasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8. Jaloliddin Muhammad Akbar, Boburiylar imperatori
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4. Nur-ud-din Muhammad Jahongir, Boburiylar imperatori
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9. Maryam-uz-Zamoniy
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2. Shahobiddin Muhammad Shoh Jahon I, Boburiylar imperatori
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
10. Udai Singh, Marvar rojasi
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5. Jagat Gosain
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11. Manrang Devi
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1. Gavhararo Begim
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12. I’timad-ud-Daulah
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6. Abu'l-Hasan Asafxon
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
13. Asmat Begim
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3. Mumtoz Mahal
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
14. Gʻiyos ud-din ʻAli Asafxon
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7. Divanji Begim
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yana qarang

Gavhararo Begim – Ruchir Guptaning „Taxt bekasi“ (2014) romanidagi bosh qahramon.

Yuqori