| Umarali Normatov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 3-yanvar 1931-yil Rapqon, Beshariq tumani, Andoza:OʻzSSR |
| Vafoti | 29-yanvar 2022-yil (91 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
| Mukofotlari | |
Umarali Normatov — adabiyotshunos, tanqidchi. Umarali Normatov 1931-yil 3-yanvarda Fargʻona viloyatining Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952–1957), aspiranturasida taʼlim olgan (1959–1962).
1962-yildan hozirgi kungacha oʻzbek adabiyoti kafedrasida katta oʻqituvchi, dotsent, professor, mudir boʻlib ishlamoqda. Adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957-yildan boshlagan: hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqola, taqrizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi oʻzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yoʻnaltirilgan.
U 1962-yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978-yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. „Nasrimiz ufqlari“ (1974), „Yetuklik“ (1982), „Qalb inqilobi“ (1986), „Qodiriy bogʻi“ (1996), „Umidbaxsh tamoyillar“ (2000) singari asarlarida yangi oʻzbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining muhim tomonlari yoritib berilgan. Umarali Normatov „Oʻzbekiston fan arbobi“ (1981), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1989).
- 3-yanvarda tugʻilganlar
- 1931-yilda tugʻilganlar
- Beshariq tumanida tugʻilganlar
- 29-yanvarda vafot etganlar
- 2022-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik yozuvchilar
- Adabiyotshunoslar
