Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Paralimpiya oʻyinlari nogironligi boʻlgan (eshitish qobiliyatini yoʻqotganlardan tashqari) shaxslar uchun xalqaro sport musobaqasidir. Para — avvaliga „paralich

Paralimpiya oʻyinlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Paralimpiya oʻyinlari nogironligi boʻlgan (eshitish qobiliyatini yoʻqotganlardan tashqari) shaxslar uchun xalqaro sport musobaqasidir. Para — avvaliga „paralich“ soʻzidan olingan va umurtqa pogʻonasidagi muammolar tufayli tana aʼzolarining muayyan qismi harakatlana olmasligiga ishora boʻlgan, ammo keyinchalik musobaqa ishtirokchilari safining kengayishi bois „parallel“ soʻzining dastlabki qismiga ishora tarzida talqin qilina boshlagan, yaʼni asosiy olimpiada oʻyinlariga parallel ravishda oʻtkaziluvchi musobaqani anglatishi taʼkidlangan.

Yozgi va qishki Paralimpiya oʻyinlari

Yozgi Paralimpiya oʻyinlari 1960-yildan, qishki Paralimpiya oʻyinlari esa 1976-yildan muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda. 1988-yildan ushbu musobaqalarning Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan sport arenalarida oʻtkazilayotgani eʼtiborga molik. Dastlabki paralimpiadada 23 davlatdan kelgan 400 nafar aravachali sportchi bahslashgani tarixda qolgan. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi 2007-yildan buyon faoliyat olib boradi. Oʻzbekiston vakillari ilk bora Pekinda 2008-yili oʻtkazilgan paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etishgan.

2012-yili Londondagi musobaqalarda oʻzbekistonlik 10 sportchi qatnashgan. Sharif Xalilov dzyudo boʻyicha 76 kilogrammgacha vazn toifasida finalgacha yetib borgan va kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 2016-yili oʻtkazilgan XV Paralimpiya oʻyinlari Oʻzbekiston delegatsiyasining muvaffaqiyati yodda qolgan. Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan 32 sportchi jami 31 medal sohibiga aylangan.

Yozgi Paralimpiya oʻyinlari

Yozgi Paralimpiya oʻyinlari
NYilTashkilotchi shahar
I1960Rim
II1964Tokio
III1968Tel-Aviv
IV1972Geydelberg
V1976Toronto, Ontario
VI1980Arnem
VII1984Stok-Mandevil, Nyu-York
VIII1988Seul
IX1992Barselona
X1996Atlanta
XI2000Sidney
XII2004Afina
XIII2008Pekin
XIV2012London
XV2016Rio-de-Janeyro
XVI2020Tokio

Qishki Paralimpiya oʻyinlari

Qishki Paralimpiya oʻyinlari
NYilTashkilotchi shahar
I1976Ernshyoldsvik  Shvetsiya
II1980Geylo  Norvegiya
III1984Insbruk  Avstriya
IV1988Insbruk  Avstriya
V1992Tignes  Fransiya
VI1994Lillehammer  Norvegiya
VII1998Nagano  Yaponiya
VIII2002Solt-Leyk-Siti  AQSh
IX2006Turin  Italiya
X2010Vankuver  Kanada
XI2014Sochi  Rossiya
XII2018Pxyonchxan  Janubiy Koreya
Yuqori