![]() | ||||
| Toʻliq nomi | Galatasaray Spor Kulübü | |||
|---|---|---|---|---|
| Laqabi | Cimbom Aslan (The Lion) Sarı-Kırmızılılar (The Yellow-Reds) | |||
| Qisqa nomi |
| |||
| Asos solingan | 20-oktyabr, 1905-yil | |||
| Rams Park | ||||
| Sigʻimi | 53,798 | |||
| Joylashuv koordinatalari | 41°06′10″N 28°59′26″E / 41.10278°N 28.99056°E | |||
| President | Dursun Özbek | |||
| Head coach | Okan Buruk | |||
| Liga | Süper Lig | |||
| Oʻrni | 2023–24 Süper Lig, 1st of 20 (champions) | |||
| Vebsayti | Klub sayti | |||
| ||||
Galatasaroy (turk. Galatasaray Spor Kulübü) – Istanbuldagi turk professional futbol klubi, Galatasaray sport jamiyati tarkibiga kiradi va Turkiya chempionatida muntazam ishtirok etib keladi. 1905-yilda tashkil etilgan. Klub uy uchrashuvlarini 52 mingdan ortiq tomoshabinga moʻljallangan Türk Telekom Arena stadionida oʻtkazadi. Mamlakatning eng muvaffaqiyatli futbol klublaridan biri, 25 karra Turkiya chempioni, 19 karra Turkiya kubogi sohibi, 17 karra Turkiya Superkubogi sohibi, UEFA kubogi va UEFA Superkubogi sohibi.
„Galatasaroy“ turnir davomida biror marotaba magʻlubiyatga uchramasdan UEFA kubogi qoʻlga kiritgan ikki jamoadan biri, shuningdek, Chempionlar ligasi guruh bosqichida uchinchi oʻrinni egallab, turnirda gʻolib chiqqan birinchi jamoadir. 1999—2000–yilgi mavsumda UEFA kubogi finalida Londonning „Arsenal“ jamoasini penaltilar seriyasida 4:1 hisobida magʻlub etgan „Galatasaroy“ tarixda yevrokuboklarni qoʻlga kiritgan ilk turk klubiga aylangan.
Klub Turkiya Superligasining amaldagi chempioni hisoblanadi.
Nom
"Galatasaroy" nomi toʻgʻridan-toʻgʻri Galatasaroy litseyidan (dastlab „Galata saroyi imperator maktabi“ deb ataladi) kelib chiqqan. Tarixiy nuqtai nazardan ikkita soʻzdan iborat: Galata (Istanbulning tarixiy tumani) va „saroy“ (turkchadan „saroy“ deb tarjima qilinadi).
Tarix

Klub 1905-yilda Ali Sami Yen boshchiligidagi Galatasaroy oʻrta maktabining bir guruh talabalari tomonidan tashkil etilgan. Galatasaroy Turkiyaning eng qadimgi futbol klublaridan biri hisoblanadi.
Avvaliga Galatasaroy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmagan, chunki Turkiyada tartibga solinadigan sport qonunchiligi yoʻq edi. 1912-yildan boshlab, tegishli nizomlar qabul qilingandan soʻng, klub qonuniy asosda faoliyat koʻrsata boshladi. Galatasaroy 1905—1906-yilgi mavsumda Istanbul ligasiga qoʻshilgan va 1907—1908-yilgi mavsumda gʻolib chiqqan. 1952-yil klub professional klub maqomiga erishadi.
Eng katta muvaffaqiyatlar jamoaga 90-yillarning oxirida kelgan. 2000-yilda Fotih Terim boshchiligidagi „Galatasaroy“ finalda Londonning „ Arsenal“ jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib, UEFA kubogini qoʻlga kiritdi, keyin esa UEFA Superkubogida „Real Madrid“ni magʻlub etgan. Shu tariqa klub Yevropa turnirlarida gʻolib chiqqan ilk turk jamoasiga aylanadi.
2013-yilning qishida klub Uesli Sneyder va Dide Drogba kabi yulfuzlarni oʻz safiga qoʻshib oladi. 2012—2013 yilgi mavsumda „Galatasaroy“ Chempionlar ligasining chorak finali bosqichiga qadar yetib boradi.
2022-yil klub tarixidagi eng omadis yil boʻlib qoldi. Galatasaroy Turkiya Superligasida 13-oʻrinda mavsumni yakunlagan edi. Mavsum davomida 5 yillik ish faoliyatidan soʻng Fotix Terim istefoga chiqarildi va uning oʻrniga Domenek Torren yangi murabbiy etib tayinlandi.
Stadion

Galatasaroyning uy stadioni Turkiyaning Istanbul shahri Sisli tumanida joylashgan zamonaviy koʻp funksiyali Türk Telekom Arena hisoblanadi. Arena oʻz bagʻriga 52 650 kishini sigʻdira oladi. Qurilish qiymati 128 million yevroni tashkil etadi. Türk Telekom Arena stadionining tantanali ochilish marosimi 2011-yilning 15-yanvarida „Galatasaroy“ va „Ayaks“ futbol klublari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi bilan boʻlib oʻtdi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan edi.
„Galatasaroy“ning yangi arenadagi ilk rasmiy oʻyini „Sivasspor“ ga qarshi oʻyin boʻlib, mezbonlarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan. 2011-yil 18-mart kuni Fenerbahche klubiga qarshi oʻyinda stadiondagi desibellarda oʻlchangan shovqin jahon rekordini oʻrnatgan. Shovqin 131,76 dB ni tashkil etib, Ginnesning rekordlar kitobiga sport arenalaridagi eng baland shovqin sifatida kiritilgan.
Klub ranglari va formasi
Rasmiy klub ranglari
| Rang | Panton | CMYK | Rang kodi |
|---|---|---|---|
| 1235 | C%0 M%30 Y%100 K%0 | #FCB514 yoki #FFB517 | |
| 201 | C%0 M%100 Y%65 K%34 | #A32638 yoki #B50043 | |
Forma

| Davr | Ishlab chiqaruvchi | Homiy |
|---|---|---|
| 1977—1978 | Mavjud emas | Volvo/PeReJa |
| 1978—1979 | Mavjud emas | |
| 1979—1982 | Telefunken | |
| 1982—1983 | MEBan | |
| 1983—1985 | Telefunken | |
| 1985—1986 | Adidas | Denizcilik Bankası |
| 1986—1991 | TürkBank | |
| 1991—1992 | Umbro | ADEC Saat / Show TV |
| 1992—1995 | Show TV | |
| 1995—1997 | Adidas | VakıfBank |
| 1997—1998 | Bank Ekspres | |
| 1998—2000 | Marshall Boya | |
| 2000—2001 | Telsim | |
| 2001—2002 | Lotto | Aria |
| 2002—2004 | Umbro | |
| 2004—2005 | Avea | |
| 2005—2009 | Adidas | |
| 2009—2011 | Turk Telekom | |
| 2011—2014 | Nike | |
| 2014—2015 | Huawei | |
| 2016—2019 | Turk Telekom | |
| 2019—2020 | Terra Pizza | |
| 2020—2024 | Sixt |
Klub rekorchilari
| № | Oʻyinchi | Oʻyinlar soni | № | Oʻyinchi | Oʻyinlar soni |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 588 | 11 | 331 | ||
| 2 | 539 | 12 | 328 | ||
| 3 | 485 | 13 | 314 | ||
| 4 | 479 | 14 | 306 | ||
| 5 | 460 | 15 | 260 | ||
| 6 | 428 | 16 | 240 | ||
| 7 | 387 | 17 | 238 | ||
| 8 | 354 | 18 | 238 | ||
| 9 | 345 | 19 | 227 | ||
| 10 | 334 | 20 | 211 |
Toʻpurarlar
| № | Oʻyinchi | Gollar soni | Oʻyinlar soni |
|---|---|---|---|
| 1 | 288 | 539 | |
| 2 | 133 | 485 | |
| 3 | 132 | 146 | |
| 4 | 98 | 238 | |
| 5 | 82 | 141 | |
| 6 | 72 | 192 | |
| 7 | 66 | 140 | |
| 8 | 61 | 73 | |
| 9 | 61 | 116 | |
| 10 | 59 | 331 |
Murabbiylar natijalari
| Turkiya Superligasi chempionlari (21) | |
|---|---|
| Mavsum | Murabbiy |
| 1961/62 | |
| 1962/63 | |
| 1968/69 | |
| 1970/71 | |
| 1971/72 | |
| 1972/73 | |
| 1986/87 | |
| 1987/88 | |
| 1992/93 | |
| 1993/94 | |
| 1996/97 | |
| 1997/98 | |
| 1998/99 | |
| 1999/00 | |
| 2001/02 | |
| 2005/06 | |
| 2007/08 | |
| 2011/12 | |
| 2012/13 | |
| 2014/15 | |
| 2017/18 | |
| 2018/19 | |
| 2022/23 | |
| Turkiya kubogi sohiblari (17) | |||
|---|---|---|---|
| Mavsum | Murabbiy | ||
| 1963 | |||
| 1964 | |||
| 1965 | |||
| 1966 | |||
| 1973 | |||
| 1976 | |||
| 1982 | |||
| 1985 | |||
| 1991 | |||
| 1993 | |||
| 1996 | |||
| 1999 | |||
| 2000 | |||
| 2005 | |||
| 2014 | |||
| 2015 | |||
| 2016 | |||
| 2019 | |||
| UEFA kubogi chempioni(1) | |||
|---|---|---|---|
| Mavsum | Murabbiy | ||
| 2000 | |||
| UEFA Superkubogi sohiblari (1) | |||
|---|---|---|---|
| Mavsum | Murabbiy | ||
| 2000 | |||
- Turkiya futbol klublari
- 1905-yilda tashkil etilgan futbol klublari
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib chiqqan klublar
- UEFA Superkubogini qoʻlga kiritgan klublar
- Alifbo boʻyicha futbol klublari
