![]() Bento Janubiy Koreya murabbiyi sifatida 2019-yilgi Osiyo kubogida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Paulo Jorge Gomes Bento | ||
| Tavallud sanasi | 1969-yil 20-iyun | ||
| Tavallud joyi | Lissabon, Portugaliya | ||
| Boʻyi | 1.74 m (5 ft 9 in) | ||
| Ampluasi | Tayanch yarim himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1982—1987 | Académico Alvalade | ||
| 1987—1988 | Palmense | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1988—1989 | Futebol Benfica | 20 | (2) |
| 1989—1991 | Estrela Amadora | 37 | (0) |
| 1991—1994 | Vitória Guimarães | 95 | (13) |
| 1994—1996 | Benfica | 49 | (2) |
| 1996—2000 | Oviedo | 136 | (4) |
| 2000—2004 | Sporting CP | 92 | (2) |
| Total | 429 | (23) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1992—2002 | Portugaliya | 35 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2004—2005 | Sporting CP (oʻsmirlar) | ||
| 2005—2009 | Sporting CP | ||
| 2010—2014 | Portugaliya | ||
| 2016 | Cruzeiro | ||
| 2016—2017 | Olympiacos | ||
| 2017—2018 | Chongqing Lifan | ||
| 2018—2022 | Janubiy Koreya | ||
| 2023—2025 | Birlashgan Arab Amirliklari | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Paulo Jorge Gomes Bento (1969-yil 20-iyunda tugʻilgan) – portugaliyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.
Futbolchilik faoliyati davrida asosiy fazilati toʻp tortib olish va oʻyin jarayonini boshqarish boʻlgan tayanch yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Paulo oʻz mamlakatidagi uchta asosiy jamoadan ikkitasida oʻynagan, 11 mavsum davomida Primeira Liga turnirida jami 284 ta oʻyin oʻtkazib, 16 ta gol urgan, shuningdek, Ispaniyada „Real Oviedo“ safida toʻrt yil toʻp surgan. U Portugaliya terma jamoasi tarkibida 2002-yilgi Jahon chempionati va 2000-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etgan.
Bento 2005-yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan. U toʻrt yil-u toʻrt oy davomida nisbatan muvaffaqiyatli tarzda Sporting CP jamoasini boshqargan va Gretsiyaning „Olimpiakos“ klubi bilan Gretsiya Superligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Bento oʻz vatani hamda Janubiy Koreya milliy terma jamoalarini toʻrt yildan boshqarib, har ikki jamoani ham jahon chempionati va qitʼa musobaqalariga olib chiqishga erishgan. 2023-yilda u Birlashgan Arab Amirliklari milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan.
Futbolchilik faoliyati
Lissabonda tugʻilgan Bento oʻz vatanida Estrela da Amadora, Vitoriya de Gimarayns va Benfika jamoalarida professional futbolchi sifatida oʻynagan. Shuningdek, u toʻrt yil davomida Ispaniyaning „Real Oviedo“ klubida ham faoliyat yuritgan boʻlib, ushbu jamoaning La Liga turnirida oʻz oʻrnini saqlab qolishiga katta hissa qoʻshgan. Keyinchalik u oʻz faoliyatini Sporting CP jamoasida davom ettirgan va shu klubda futbolchilik darini yakunlagan. Paulo Sporting CP tarkibida 2002-yilda László Bölöni rahbarligida oltin dublga erishgan mashhur jamoaning bir qismi boʻlgan. Bento Primeira Liga musobaqasida 31 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan hamda Mario Jardel va Joau Pintu kabi futbolchilar bilan birga maydonga tushgan.
Bento Portugaliya milliy terma jamoasi safida 35 ta oʻyin oʻtkazgan. U 1992-yil 15-yanvarda Ispaniyaga qarshi 0:0 hisobidagi durang qayd etilgan oʻyinda debyut oʻyini oʻtkazgan va soʻnggi bor 2002-yil 14-iyunda, 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida Janubiy Koreyaga 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvda maydonga tushgan. Bento shuningdek 2000-yilgi Yevropa chempionatida ham ishtirok etgan. Bu turnirda u, Oviedoda ikki mavsumni birga oʻtkazgan jamoadoshi Abel Xavier hamda Nuno Gomes bilan birgalikda, Fransiyaga qarshi yarim final magʻlubiyatidan soʻng nomunosib xulq-atvori uchun jazo olgan (Bentoning holati besh oylik muddatga toʻgʻri kelgan).
Murabbiylik statistikasi
- Natijalar 2025-yil 25-mart kuniga oid
| Jamoa | Mamlakat | Yildan | Yilgacha | Natijalar | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | GF | Gʻal % | ||||
| Sporting CP | 2005-yil 21-oktyabr | 2009-yil 5-noyabr | 194 | 117 | 46 | 31 | 311 | 152 | +159 | 60,31 | |
| Portugaliya | 2010-yil 21-sentyabr | 2014-yil 11-sentyabr | 47 | 26 | 12 | 9 | 91 | 49 | +42 | 55,32 | |
| Cruzeiro | 2016-yil 11-may | 2016-yil 25-iyul | 17 | 6 | 3 | 8 | 23 | 28 | −5 | 35,29 | |
| Olympiacos | 2016-yil 11-avgust | 2017-yil 6-mart | 40 | 26 | 8 | 6 | 69 | 22 | +47 | 65,00 | |
| Chongqing Lifan | 2017-yil 11-dekabr | 2018-yil 22-iyul | 15 | 5 | 2 | 8 | 20 | 20 | +0 | 33,33 | |
| Janubiy Koreya | 2018-yil 17-avgust | 2022-yil 5-dekabr | 57 | 35 | 13 | 9 | 100 | 46 | +54 | 61,40 | |
| Birlashgan Arab Amirliklari | 2023-yil 9-iyul | 2025-yil 26-mart | 26 | 14 | 6 | 6 | 48 | 22 | +26 | 53,85 | |
| Umumiy | 396 | 229 | 90 | 77 | 662 | 339 | +323 | 57,83 | |||
Yutuqlari
Oʻyinchi sifatida
- Estrela Amadora
- Portugaliya Kubogi: 1989–90
- Benfika
- Portugaliya Kubogi: 1995–96
- Sporting CP
- Portugaliya Oliy Ligasi: 2001–02
- Portugaliya Kubogi: 2001–02
- Kandido de Oliveyra Superkubogi: 2000, 2002
Murabbiy sifatida
- Sporting CP
- Portugaliya Kubogi: 2006–07, 2007–08
- Kandido de Oliveyra Superkubogi: 2007, 2008
- Liga Kubogi ikkinchi oʻrini: 2007–08, 2008–09
- Olimpiakos
- Gretsiya Superligasi: 2016–17
- Janubiy Koreya
EAFF E-1 Futbol Chempionati: 2019
Shaxsiy mukofotlar
- CNID Yil murabbiyi: 2005–06
- 20-iyunda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
- Lissabonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Portugaliyalik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- C.F. Estrela da Amadora futbolchilari
- Vitória S.C. futbolchilari
- S.L. Benfica futbolchilari
- Sporting CP futbolchilari
- Real Oviedo futbolchilari
- Primeira Liga futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2000 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari
- Portugaliya terma jamoasi futbolchilari
- Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar
- Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Portugaliyalik futbol murabbiylar
- Sporting CP murabbiylari
- Cruzeiro EC murabbiylari
- Olympiacos F.C. murabbiylari
- Primeira Liga murabbiylari
- Gretsiya Superligasi murabbiylari
- Portugaliya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- Janubiy Koreya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- Birlashgan Arab Amirliklari milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- 2012-yilgi UEFA Yevropa chempionati murabbiylari
- FIFA Jahon chempionati 2014 murabbiylari
- AFC Osiyo Kubogi 2019 murabbiylari
- FIFA Jahon chempionati 2022 murabbiylari
- AFC Osiyo Kubogi 2023 murabbiylari
- Portugaliyalik muhojir futbol murabbiylar
- Braziliyadagi muhojir futbol murabbiylar
- Gretsiyadagi muhojir futbol murabbiylar
- Xitoydagi muhojir futbol murabbiylar
- Janubiy Koreyadagi muhojir futbol murabbiylar
- Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir futbol murabbiylar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
