| Sarvar Otamuratov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1973-yil 22-avgust Toshkent |
Sarvar Saʼdullayevich Otamuratov – Milliy tiklanish partiyasidan prezidentlikka nomzod boʻlgan.
Biografiyasi
1973-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy, Toshkent davlat universiteti falsafa-iqtisodiyot fakultetining sotsiologiya boʻlimini, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Sotsiologiya fanlari nomzodi.
1995—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi valyuta-iqtisod bosh boshqarmasida yetakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2006—2009-yillarda sugʻurta kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
2009-yilda va 2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
2010—2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
2013-yilda „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi etib saylangan.
2015-yildan 2019-yil]gacha bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari.
2016-yilgi prezidentlik saylovida 2,35 foiz ovoz olgan.
2019-yildan hozirgacha sugʻurta shirkati direktori.
Oilali, ikki farzandi bor.
- 22-avgustda tugʻilganlar
- 1973-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
