| Mixail Davidovich Kaminskiy | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1953-yil |
| Vafoti | 2025-yil 26-may Toshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomlik instituti |
| Kasbi | aktyor, rejissor, pedagog |
| Faoliyat yillari | 1980 — 2025 |
| Mukofotlari | |
Mixail Davidovich Kaminskiy (1953-yil — 2025-yil 26-may, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik aktyor, rejissor, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. „Ilhom“ teatrining asoschilaridan biri.
Tarjimayi holi
Mixail Kaminskiy 1980-yilda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomlik institutini tamomlagan. Rus yosh tomoshabinlar teatri va M. Gorkiy nomidagi rus dramatik teatrida faoliyat yuritgan. Keyinchalik „Ilhom“ teatrining tashkil etilishiga hissa qoʻshgan. 1998-yilda Toshkentdagi „Aladdin“ teatriga badiiy rahbarlik qilgan. 2022-yildan vafotiga qadar Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filialida aktyorlik mahorati ustaxonasi rahbari sifatida ishlagan.
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
- 1953-yilda tugʻilganlar
- 2025-yilda vafot etganlar
- 26-mayda vafot etganlar
- Oʻzbekistonlik aktyorlar
- Oʻzbekistonlik rejissyorlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
