Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Farob (turkmancha: Farap) — Turkmanistonning Lebap viloyatidagi shahar. Aholisi 16 731 nafar (2009). Farob Oʻzbekistonning Olot tumani bilan chegarada joylashga

Farob (Turkmaniston)

Farob

turkmancha: Farap
Shahar
Oʻzbekiston bilan chegara nuqtasi
39°10′0″N 63°36′20″E / 39.16667°N 63.60556°E / 39.16667; 63.60556
Mamlakat Turkmaniston
Viloyat Lebap viloyati
Hukumat
  Hokim Hasan Jumakuliyevich Metkuliyev
Markazi balandligi 191 m
Rasmiy til(lar)i Turkman tili
Aholisi
 (2010)
17 277
Milliy tarkib Turkmanlar, oʻzbeklar
Vaqt mintaqasi UTC+5:00
Telefon kodi +993 448
Pochta indeks(lar)i 746070
Avtomobil kodi LB
Farob xaritada
Farob
Farob

Farob (turkmancha: Farap) — Turkmanistonning Lebap viloyatidagi shahar. Aholisi 16 731 nafar (2009). Farob Oʻzbekistonning Olot tumani bilan chegarada joylashgan shahar hisoblanadi.

Etimologiyasi

Farob nomining kelib chiqishi va maʼnosi nomaʼlum. Vamberi buni forscha „toza suv“ jumlasining buzilgan shakli deb hisoblagan.

Tarixi

20-asr boshlarida Farob temir yoʻl vokzali. S. M. Prokudin Gorskiy surati, 1911-yil

Farob shaharchasi SSSR vaqtida Turkmaniston SSRning Chorjoʻy viloyati Farob tumanining markazi edi. 2016-yildan shahar maqomi berilgan.

2022-yil 9-noyabrda markazi Farob boʻlgan Farob tumanining tugatilishi munosabati bilan u Chorjoʻy tumani tarkibiga kiritildi.

Geografiyasi

Turkmanoboddan 8 km shimoli-gʻarbda, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Ashxoboddan 474 km uzoqlikda joylashgan. Turkmanobod — Farob yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi.

Aholisi

Farob aholisining yillar davomida oʻzgarishi
Yil19591970197919892009
Aholi soni (nafar) 3 725 5 134 6 486 8 524 16 731

Diqqatga sazovor joylari

  • Temir yoʻl vokzali;
  • Xristian qabristoni;
  • Musulmon qabristoni.

Yana qarang

Yuqori