Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Obid Yunusovich Yunusov (1934-yil 20-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2015-yil 21-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek aktyori. Oʻzbekiston xal

Obid Yunusov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Obid va familiyasi Yunusov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Obid Yunusov

Art-Trio jamoasi tomonidan chizilgan Obid Yunusovning portreti (2014-yil)
Tavalludi 1934-yil 20-noyabr
Toshkent
Vafoti 2015-yil 21-sentyabr
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi teatr aktyori
Faoliyat yillari 1956-2015
Millati o‘zbek
Unvoni O'zbekiston xalq artisti
Otasi Yunus Rajabiy
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeniO‘zbekiston SSR xalq artistiHamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti — Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR davlat mukofoti

Obid Yunusovich Yunusov (1934-yil 20-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2015-yil 21-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek aktyori. Oʻzbekiston xalq artisti.

Biografiyasi

Obid Yunusov 1931-yil 20-noyabr kuni Toshkent shahrida Yunus Rajabiy oilasida tavallud topgan. 1956-yilda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.

Hamza nomidagi oʻzbek drama teatri (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori, uning sahnasida yuzdan ortiq rollarni ijro etgan. Oʻttizdan ortiq badiiy filmlarda rol ijro etgan. Aktyorning teatrdagi eng ko‘zga ko‘ringan roli “Parvona” spektaklidagi Oʻtkuriy obrazi bo‘lsa, kinodagi mashhur roli “To‘ylar muborak” filmidagi kuyov obrazi hisoblanadi.

Aktyor haqida “Armon” nomli hujjatli filmi suratga olingan.

Obid Yunusov 1989-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti, 1990-yilda Oʻzbekiston xalq artisti faxriy unvoni, 2003-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan. 2026-yil 28-mayda Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.

2015-yil 21-sentyabr kuni Toshkent shahrida vafot etgan.

Yuqori