Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gulchehra Joʻrayeva (1937-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoira, yozuvchi va jurnalist.

Gulchehra Jo‘rayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Gulchehra Joʻrayeva
Tavalludi 1937-yil 1-fevral (1937-02-01) (89 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)
Kasbi shoira, yozuvchi, jurnalist
Unvoni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Gulchehra Joʻrayeva (1937-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoira, yozuvchi va jurnalist.

Hayoti

Gulchehra Joʻrayeva 1937-yil 1-fevralda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Doʻrmon qishlogʻida ziyoli oilada dunyoga kelgan. 1954-yilda Buxoro shahrida oʻrta maktabni bitirib, Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning oʻzbek filologiyasi fakulteti jurnalistika boʻlimida tahsilni davom ettirgan.

Faoliyati

Mehnat faoliyatini „Yosh lelinchi“ gazetasida boshlagan. „Oʻzbekiston madaniyati“ gazetasida oʻn yildan ortiq ishlagan. Soʻngra „Yoshlik“ jurnalida (1982), Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasida (1991), 1996—1997-yillarda esa Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi sifatida faoliyat olib borgan.

Ijodi

Shoira ijodiy faoliyatining boshlanishi oʻtgan asrning 50-yillariga toʻgʻri keladi. Ilk sheʼri „Tafakkur“ nomi ostida 1954-yilda chop etilgan. 1961-yilga kelib „Baxtim borki…“ nomli dastlabki sheʼriy kitobi nashrdan chiqqan. Soʻngra „Gul shaydosi“ (1969), „Bogʻimda bahor“ (1968), „Hayajon“ (1971), „Umr — daryo“ (1974), „Salom, doʻstlar“ (1975), „Eng yaqin yulduz“ (1979), „Dostonlar“ (1981), „Iqbol“ (1983), „Mehrim sizniki“ (1984) kabi oʻnlab toʻplamlari dunyo yuzini koʻrgan. Ijodkor, shunigdek, „Chavandoz“, „Imtihon“, „Zuhro yulduzi“ kabi qissalar muallifi. 1987-yil „Gulshan aro“ nomli sheʼr va qissalar toʻplami matbuotda eʼlon qilingan.

Mustaqillikdan soʻng „Yillarim — yoʻllarim“ (2000), „Seni sevaman, hayot“, „Saylanma“ (2009) kitoblari bosmadan chiqqan. Shoiraning yigirmadan ortiq sheʼr va qissalar toʻplami kitobxonlar qoʻliga yetib borgan.

Mukofotlari

Gulchehra Joʻrayevaga 1992-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni berilgan. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan ham taqdirlangan.

Yuqori