Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Neʼmat Aminov (1937-yil 17-iyul, Buxoro viloyati, Romitan tumani — 2005-yil 18-oktabr, Toshkent) — hajvchi yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Neʼmat

Neʼmat Aminov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Neʼmat va familiyasi Aminov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Neʼmat Aminov
Tavalludi 17-iyul 1937-yil
Vafoti 18-oktyabr 2005-yil(2005-10-18)
(68 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Neʼmat Aminov (1937-yil 17-iyul, Buxoro viloyati, Romitan tumani — 2005-yil 18-oktabr, Toshkent) — hajvchi yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Neʼmat Aminov 1937-yil 17-iyulda Buxoro viloyati Romitan tumani Pitmon qishlogʻida temirchi oilasida tugʻilgan.

Faoliyati

Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Buxoro pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tahsil olgan (1954-1959). Viloyat radioeshittirish qoʻmitasida muharrir va bosh muharrir (1961—1973), „Mushtum“ jurnalida masʼul kotib, bosh muharrir (1973—1995), „Sharq yulduzi“ jurnali bosh muharrir oʻrinbosari (1989—1991), respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ jamoatchilik markazi rahbari (1995—1999).

Ijodi

Birinchi hajviy hikoyalar toʻplami — „Ikki pullik obroʻ“ 1966-yilda nashr etilgan. Soʻng „Qirq uchinchi pochcha“ (1970), „Labihovuz xandalari“ (1973), „Chinorlar qoʻshigʻi“ (1984), „Yelkasiz polvon“ (1986), „Oʻgʻri mushukcha“ (1987), „Qahqaha“ (1987), „Yallama-yorim“ (1988), „Cholbolaning ertaklari“ (1990) va boshqa hajviy toʻplamlari eʼlon qilingan. 1976—1983-yillarda „Yelvizak“ va „Suvarak“ qissalari asosida „Yolgʻonchi farishtalar yoxud yelvizakfeʼl va suvarakmijoz Bashirjon Zaynishev hayotidan“ hajviy romanini yaratgan.

Ijodiga xos xalqchillik „Bir asr hikoyati“ (1996) asarida namoyon boʻlgan. Asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan.

Unvon va mukofotlari

  • "Oʻzbekiston xalq yozuvchisi" unvoni (1992-yil)
  • „Mehnat shuhrati“ ordeni (1999-yil);
  • „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni (2021-yil).
Yuqori