![]() Rakhimov coaching Terek in 2017 | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Rashid Mamatkulovich Rahimov | ||
| Tavallud sanasi | 1965-yil 18-mart | ||
| Tavallud joyi | Dushanbe, USSR | ||
| Boʻyi | 1.80 m | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Rubin Kazan (murabbiy) | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| –1981 | SKA-Pamir Dushanbe | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1982–1991 | SKA-Pamir Dushanbe | 277 | (24) |
| 1992–1994 | Spartak Moskva | 26 | (1) |
| 1992–1993 | → Valladolid (loan) | 29 | (2) |
| 1993–1994 | → Lokomotiv Mokva | 14 | (0) |
| 1995–2000 | Austria Wien | 120 | (12) |
| 2000–2001 | Admira Wacker | 33 | (0) |
| 2001–2002 | Ried | 16 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1992, 1996 | Tojikiston | 2 | (0) |
| 1994–1995 | Rossiya | 4 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2002–2004 | Admira Wacker | ||
| 2006–2007 | Amkar Perm | ||
| 2008–2009 | Lokomotiv Moskva | ||
| 2009–2011 | Amkar Perm | ||
| 2013–2017 | Terek Grozny | ||
| 2018–2019 | Akhmat Grozny | ||
| 2020–2021 | Ufa | ||
| 2023– | Rubin Kazan | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Rashid Mamatkulovich Rahimov (ruscha: Рашид Маматкулович Рахи́мов, tojikcha: Рашид Маматқулович Раҳимов; 1965-yil 18-martda tugʻilgan) – tojikistonlik va rossiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. U Qozonning „Rubin“ klubini boshqaradi.
Futbolchilik faoliyati
Klub
Rahimovning futbolchilik faoliyatining koʻp qismi „Pomir Dushanbe“ bilan bogʻliq boʻlib, u 1980-yildan 1991-yilgacha soʻnggi uch mavsumni SSSR Oliy Ligasida oʻynagan. Shundan soʻng u „Spartak“, „Real Valyadolid“, „Lokomotiv“ kabi klublarda oʻynadi. Futbolchilik faoliyatining keyingi qismida u Avstriyaga koʻchib oʻtdi va FK Austria Wien, Admira Wacker va SV Ried klublarida oʻynadi va u yerda muxlislar orasida juda mashhur edi.
Xalqaro
Rahimov 1994-1995-yillar davomida Rossiya terma jamoasi safida 4 ta oʻyin oʻtkazgan. Rahimov 1992 va 1996-yillarda oʻzi tugʻilib oʻsgan mamlakati Tojikiston milliy futbol jamoasida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
U oʻynashni tugatgandan soʻng, u 2002-yilda Admira Vakkerga menejer sifatida taklif qilindi. U klubni quyi ligaga tushib qolishdan qutqardi, ammo 2004-yilda uni tark etdi.
2006-yilda u Permning „Amkar“ klubiga taklif qilindi. Taʼsirli oʻyinlardan soʻng, „Amkar“ Premer-ligada qoldi va Rahimov 2007-yil boshida klub bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
2007-yil 6 dekabrda u Moskvaning „Lokomotiv“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va 2009-yil 28-aprel oyida ishdan boʻshatildi. Oʻn toʻqqiz oydan keyin u „Amkar Permg“ jamoasiga qaytib keldi.
2011-yil 28-sentabr kuni „Amkar Perm“ prezidenti Gennadiy Shilov klubning natijalarining yomonligi sababli Rahimovning isteʼfosini qabul qilganini tasdiqladi.
2018-yil 5-sentabrda u yana Axmat Grozniy klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi (bu jamoan avvalgi Grozniynining „Terek“ jamoasi davomchisi hisoblanadi). U 2019-yil 30-sentyabrda jamoa Rossiya Premyer-ligasida 15-oʻrinni egallab turganligi sababli Axmat klubidan isteʼfoga chiqdi. 2016/2017-yilgi mavsumda u Axmat klubini 5-oʻringa olib chiqdi, bu hali ham klub tarixidagi eng yuqori rekord hisoblanadi.
2020-yil 11-oktabr kuni Rahimov „Ufa“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U 2021-yil 3-aprelda Moskvaning „Dinamo“ klubiga 0:4 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng „Ufa“ jamoasidan isteʼfoga chiqdi. Klub Rahimov istefosidan soʻng ham hamon u bosh murabbiy boʻlgan vaqtidagi 15-oʻrinni egallab turgan edi.
2023-yilning 12-aprelida Rahimov Qozonning „Rubin“ klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzoladi.
Yutuqlar
- Spartak Moskva
- Rossiya oliy ligasi (2): 1992, 1994
- 18-martda tugʻilganlar
- 1965-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Tojikistonlik erkak futbolchilar
- Rossiyalik erkak futbolchilar
- CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari
- FC Spartak Moskva futbolchilari
- FC Lokomotiv Moskva futbolchilari
- Real Valladolid futbolchilari
- FK Austria Wien futbolchilari
- Admira Wacker futbolchilari
- Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari
- SSSR Oliy ligasi futbolchilari
- Segunda División futbolchilari
- Tojikistonlik muhojir erkak futbolchilar
- Tojikistonlik muhojir futbol murabbiylar
- Tojikistonlik futbol murabbiylar
- Rossiyalik futbol murabbiylari
- FC Lokomotiv Moskva murabbiylari
- FC Rubin Qozon murabbiylari
- Rossiya Premyer-ligasi murabbiylari
