Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mehmet Zeki Çelik (1997-yil 17-fevralda tugʻilgan) – turkiyalik futbolchi, A Seriyaning „Roma“ klubi va Turkiya terma jamoasida oʻynaydi. Asosan oʻng qanot himo

Zeki Çelik

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zeki Çelik
Çelik Turkiya terma tarkibida oʻyinda (2020-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mehmet Zeki Çelik
Tavallud sanasi 1997-yil 17-fevral (1997-02-17) (29 yosh)
Tavallud joyi Yildirim (Bursa), Turkiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Qanot himoyachisi, markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Roma
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008–2009 Yavuz Selimspor
2009–2015 Bursaspor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015–2016 Bursaspor 0 (0)
2015–2016   Karacabeyspor 34 (0)
2016–2018 İstanbulspor 64 (3)
2018–2022 Lille 118 (6)
2022– Roma 90 (1)
Milliy terma jamoa
2012–2013 Turkiya U16 11 (0)
2013–2014 Turkiya U17 12 (0)
2014 Turkiya U18 2 (0)
2017–2018 Turkiya U21 9 (0)
2018– Turkiya 58 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10-yanvar uchun)

Mehmet Zeki Çelik (1997-yil 17-fevralda tugʻilgan) – turkiyalik futbolchi, A Seriyaning „Roma“ klubi va Turkiya terma jamoasida oʻynaydi. Asosan oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida harakat qiladi, shuningdek, himoya uchligida markaziy himoyachi sifatida ham oʻynashi mumkin.

Klubdagi faoliyati

Bursaspor

Çelik Bursa shahrida toʻqqiz farzandning eng kichigi sifatida tugʻilgan. Bursaspor klubi yoshlar akademiyasida tahsil olgan va 2015-yilda professional futbolchiga aylangan. Zeki 2015-yilda Karacabey Birlikspor bilan ijara shartnomasini imzolagan.

Istanbulspor

2016-yilda Istanbulspor klubiga oʻtgan. Istanbulspor klubi tarkibida Turkiya birinchi ligasida oʻynaganiga qaramay, muvaffaqiyatlik oʻyini sababli 2018-yilda Turkiya terma jamoasiga chaqiruv olgan.

Lill

2018-yil 8-iyulda Chelik Fransiyaning Lill jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Chelik professional debyutini 2018-yil 11-avgustda Ligue 1 turniri doirasidagi oʻyinda Stade Rennes bilan oʻyinda amalga oshirgan.

Roma

2022-yil 5-iyulda Chelikning Lilldan Romaga oʻtishi rasman eʼlon qilingan. U „Giallorossi“ bilan 2026-yil 30-iyungacha amal qiladigan toʻrt yillik shartnoma imzolagan. U A Seriyadagi debyuti oʻyinini 2022-yil 22-avgustda „Cremonese“ bilan oʻyinda amalga oshirgan.

Xalqaro faoliyati

Chelik Turkiya terma jamoasi safida professional debyutini 2018-yil 5-iyunda Rossiyaga qarshi 1:1 hisobida oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinida amalga oshirdi.

Faoliyat statistikasi

Klub

2026-yil 13-yanvarda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Yevropa Umumiy
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Bursaspor 2015–16 Turkiya Superligasi 000000
Karacabeyspor (ijara) 2015–16 TFF ikkinchi ligasi 34010350
İstanbulspor 2016–17 TFF ikkinchi ligasi 31000310
2017–18 TFF birinchi ligasi 33050380
Jami 64060690
Lille 2018–19 Ligue 1 34120361
2019–20 2303060320
2020–21 2932041354
2021–22 3221170403
Jami 1186811711438
Roma 2022–23 Serie A 2402080340
2023–24 17010110290
2024–25 31020101431
2025–26 1811060251
Jami 901603511312
Umumiy faoliyat statistikasi 306820152237811
  1. Turkiya kubogi, Fransiya kubogi, Fransiya liga kubogi, Italiya kubogini oʻz ichiga oladi.
  1. UEFA Chempionlar Ligasidagi ishtiroki
  2. UEFA Yevropa Ligasidagi ishtiroki

Xalqaro

2025-yil 18-noyabrda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra
Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Terma jamoaYilOʻyinlarGollar
Turkiya 201840
2019102
202040
2021110
202260
202370
2024110
202551
Jami583

Turkiyaning gollari soni birinchi oʻrinda.

Zeki Chelikning terma jamoa safida urgan gollari roʻyxati
SanaStadionRaqibHisobNatijaMusobaqa
1.2019-yil 2-iyunAlanya Oba stadioni, Alanya, Turkiya Oʻzbekiston1–02–0Oʻrtoqlik
2.2–0
3.2025-yil 11-oktabrVasil Levski National stadioni, Sofiya, Bolgariya Bolgariya5–16–12026-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar

Istanbulspor
  • TFF Ikkinchi Ligasi: 2016–17
Lill
  • Liga 1: 2020–21
Roma
  • UEFA Yevropa Ligasi finalchisi: 2022–23
Yuqori