Marburg universiteti — Germaniyadagi qad. universitetlardan biri. 1527-yil tashkil etilgan. Teologiya, huquq, tibbiyot, falsafa, tibbiy fanlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 16 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasi (1527-yil tashkil etilgan)da 600 ming dan ortiq asar va 3 mingga yaqin qoʻlyozma saqlanadi.
Turkumlar::
- Olmoniyadagi universitetlar
- Oliy oʻquv yurtlariga oid chala maqolalar