Noorganik moddalar (noorganik birikmalar) — organik boʻlmagan oddiy moddalar va kimyoviy birikmalar, yaʼni ularning tarkibida uglerod boʻlmagan moddalar. Shuningdek, baʼzi uglerodli birikmalar (karbidlar, siyanidlar, karbonatlar, uglerod oksidlari, CO va CO 2 va anʼanaviy ravishda noorganik deb tasniflanadigan baʼzi boshqa moddalar). Noorganik moddalar organik moddalargagina xos boʻlgan uglerodli tuzilishiga ega emas.
Noorganik moddalar sinflari
Barcha noorganik birikmalar ikki katta guruhga boʻlinadi:
- Oddiy moddalar — bir unsur atomlaridan iborat boʻladi;
- Murakkab moddalar ikki yoki undan ortiq unsurlarning atomlaridan tashkil topadi.
Oddiy moddalar fizik va kimyoviy xossalariga koʻra, quyidagilarga boʻlinadi:
- asosiy metallar (Li, Na, K, Mg, Ca va b.);
- nometallar (F2, Cl2, O2, S, P va b.);
- amfoter oddiy moddalar (Zn, Al, Fe, Mn va b.);
- asl gazlar (He, Ne, Ar, Kr, Xe, Rn).
Murakkab moddalar kimyoviy xossalariga koʻra quyidagilarga boʻlinadi:
- Oksidlar :
- Gidroksidlar ;
- Tuzlar:
- oʻrta tuzlar (Na2SO4, Ca3(PO4)2 va b.);
- kislota tuzlari (NaHSO3, CaHPO4 va b.);
- asosiy tuzlar (Cu2CO3(OH)2 va b.);
- qoʻsh va/yoki kompleks tuzlar (CaMg(CO3)2, K3[Fe(CN)6], KFeIII[FeII(CN)6] va b.);
- Binar birikmalar:
Tarkibida uglerod boʻlgan noorganik moddalar
Ushbu moddalar anʼanaviy ravishda noorganik kimyo sohasiga tegishli hisoblanadi:
- Karbonatlar
- Karbidlar
- Ssiyanidlar
- Uglerod oksidlari
- Siyanatlar
- Noorganik tiosiyanatlar (tiosiyanatlar)
- Selenosiyanatlar
- Karbonil komplekslari
Moddalar sinflari oʻrtasidagi genetik bogʻliqlik
Genetik bogʻlanish - bu bir sinfga tegishli moddani boshqa sinf moddasiga aylantirish imkoniyatini aks ettiruvchi birikmalar sinflari oʻrtasidagi bogʻliqlikdir.
Genetik qator - bir xil kimyoviy unsurni oʻz ichiga olgan moddalarning oʻzgarishlarini aks ettiruvchi zanjir.
Metallning genetik qatori
misol uchun
Nometallarning genetik qatori
Adabiyotlar
- Anorganicheskiy // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.
- Лидин Р. А., Молочко В. А., Андреева Л. Л., Цветкова А. А.. .
- Грушко Я. М.. .
- Грушко Я. М.. .
- Грушко Я. М.. .
- Филов В. А.. .