- Vikipediyada ismi Qahramon va familiyasi Olimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Qahramon Tanzilovich Olimov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1967-yil Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | pedagog |
| Sohasi | pedagogika |
| Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
| Ilmiy unvoni | professor |
Qahramon Tanzilovich Olimov (1967-yil, Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor
Biografiyasi
Qahramon Olimov 1967-yilda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida tugʻilgan. 1991—2005-yillarda Buxoro muhandislik texnologiya instituti assistenti, dotsent, kafedra mudiri, 2005—2013-yillarda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻyicha prorektor, 2013—2018-yillarda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, 2018—2020-yillarda Maktabgacha taʼlim vazirligi pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, 2020—2021-yillarda Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2021-yildan Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali ijrochi direktori.
Ilmiy faoliyati
Qahramon Olimov 220 dan ortiq ilmiy va metodik ishlar, jumladan, 3 ta monografiya, 17 ta darslik muallifi.
- Qorakoʻl tumanida tugʻilganlar
- Oʻzbekiston olimlari
- Professorlar
- 1967-yilda tugʻilganlar
- Pedagogika fanlari doktorlari
