| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Shahzod Umid oʻgʻli Ubaydullayev | ||
| Tavallud sanasi | 1998-yil 2-mart | ||
| Tavallud joyi | Kosonsoy tumaniOʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 177 cm (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Buxoro | ||
| Raqami | 10 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Mashʼal | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2016—2018 | Mashʼal | ? | (?) |
| 2016—2018 | Mashʼal-2 | ? | (28+) |
| 2018—2019 | Andijon | 24 | (9) |
| 2020 | Metallurg | 26 | (8) |
| 2021—2023 | Shaxtyor S | 5 | (0) |
| 2021 | → FC Energetik-BGU Minsk | 11 | (3) |
| 2022 | → Neftchi | 21 | (4) |
| 2023—2024 | Metallurg | 32 | (6) |
| 2025 | Navbahor | 8 | (0) |
| 2025 | Buxoro | 9 | (2) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2020 | Oʻzbekiston | 3 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2026-yil 23-aprel uchun) | |||
Shahzodbek Umid oʻgʻli Ubaydullaev (oʻzbekcha: Шаҳзод Умид оглы Убайдуллаев; 1998-yil 2-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Buxoroning „Buxoro“ klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.
Faoliyati
Andijon
Ubaydullayev „Mashal“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2018-yilning iyul oyida „Andijon“ klubiga oʻtgan. Klubdagi debyutini 2019-yil 8-mart kuni „Qizilqum“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U klubdagi debyut golini 2019-yilning 18-aprel kuni „Nasaf“ klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. 2019-yilning 2-oktyabr kuni „Surxon“ klubiga qarshi oʻyinda futbolchi ilk dublini qayd etgan. Mavsum davomida klubning asosiy tarkib oʻyinchi boʻlgan va oʻz hisobiga 9 ta gol va golli uzatma yozdirib qoʻygan. Mavsum oxirida esa klubni tark etgan.
Metallurg Bekobod
2020-yilning yanvar oyida futbolchi erkin agent sifatida Bekobodning „Metallurg“ klubiga oʻtgan. Klubdagi debyutini 2020-yilning 29-fevralida AGMK klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va oʻsha oʻyinda futbolchi birinchi golli uzatmasini ham amalga oshirgan. Debyut golini 2020-yil 15-iyun kuni Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. 2020-yil 2-iyul kuni „Buxoro“ klubiga qarshi oʻyinda dubl qayd etgan va golli uzatma ham bergan. Futbolchi mavsum davomida klubning asosiy hujumchisiga aylanib, barcha musobaqalarda 9 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Shakhtyor Soligorsk
2021-yil yanvar oyi boshida futbolchi Belarusning „Shaxtyor“ klubiga 150 ming yevro evaziga oʻtishi mumkinligi haqida maʼlumot paydo boʻlgan. 2021-yilning yanvarida futbolchi rasman „Shaxtyor Soligorsk“ga koʻchib oʻtgan. Transfer summasi taxminan 123 ming yevroni tashkil qilgan. U klubdagi debyutini 2021-yil 7-mart kuni Belarus kubogi doirasida Neman Grodnoga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va oʻsha oʻyinda debyut golini urgan. Premyer-ligadagi debyut uchrashuvini 2021-yil 13-mart kuni Minskka qarshi oʻtkazgan. U klub safida barcha musobaqalarda atigi 5 ta oʻyinda maydonga tushgan va 2021-yilning aprelidan boshlab asosiy tarkibda kam maydonga tusha boshlagan.
Energetik-BGU jamoasida ijara
2021-yilning mart oyida futbolchi faoliyatini Energetik-BGUda ijara asosida davom ettirishi haqida ham maʼlumot paydo boʻlgan. 2021-yil iyul oyida futbolchi mavsum oxirigacha Energetik-BGUga ijaraga berilgan. Klubdagi debyutini 2021-yil 17-iyulda Smorgonga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U klubdagi debyut golini 2021-yil 22-avgust kuni BATE Borisovga qarshi oʻyinda kiritgan. Mavsum yakunida u klub safida 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2021-yilning dekabrida ijara shartnomasi yakunlangach, u klubni tark etgan.
Neftchi jamoasida ijara
2022-yilning fevral oyida futbolchi Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga ijaraga berildi. Klubdagi debyutini 2022-yilning 2-mart kuni „Qoʻqon-1912“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va oʻzining debyut golini ham kiritdi. Klubning asosiy arkibidan joy oldi. Mavsum yakunida futbolchi barcha musobaqalarda 5 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Ijara muddati tugagach klubni tark etgan. 2023-yil yanvar oyida „Shakhtyor Soligorsk“ matbuot xizmati futbolchining klubga qaytgani va u bilan yangi mavsumga tayyorgarlik koʻra boshlagani haqida xabar berdi. Chempionatdagi ilk uchrashuvini 2023-yilning 18-mart kuni Novopolotskning „Naftan“ klubiga qarshi oʻtkazdi.
Metallurg Bekobod
2023-yil Bokobodga qaytgan va „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
2024-yil 9-dekabrda Navbahor klubi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro
Ubaydullaev 2020-yil 3-sentabr kuni Tojikistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Oʻzbekistonning asosiy jamoasi safida debyut qilgan.
| Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyin | Gol |
| 2020 | 1 | 1 |
| 2021 | 2 | |
| Umumiy | 3 | 1 |
2020-yil 3-sentyabr oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.
Xalqaro oʻyinlar
- Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
| № | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2020-yil 3-sentyabr | Lokomotiv stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Tojikiston | 1 – 0 | 2 – 1 | Doʻstona |
Yutuqlar
Klub
- Andijon
- Oʻzbekiston Pro-ligasi (1): 2018-yil
Shaxtyor Soligorsk
- Belarus Superkubogi sohibi: 2021, 2023
- 2-martda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- Kosonsoy tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Mashʼal-2 klubi futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- FC Shakhtyor Soligorsk futbolchilari
- FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Belarus Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari