Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yermek Bedelbay oʻgʻli Kosherbayev (qozoqcha: Ермек Беделбайұлы Көшербаев; 1965-yil 2-may kuni Qozogʻiston SSR Olmaota shahrida tugʻilgan) – qozogʻistonlik davl

Yermek Kosherbayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yermek Bedelbay oʻgʻli Kosherbayev
Ермек Беделбайұлы Көшербаев
 Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
 
Mansab davri
2025-yil 26-sentyabr
Prezident Qasim-Jomart Toqayev
Oʻtmishdoshi Murat Nurtleu
 Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari
Mansab davri
2025-yil 14-fevral  2025-yil 26-sentyabr
Hukumat boshligʻi Oʻljas Bektenov
Prezident Qasim-Jomart Toqayev
Oʻtmishdoshi Tamara Duysenova
 Sharqiy Qozogʻiston viloyati hokimi
 
Mansab davri
2023-yil 16-iyun  2025-yil 14-fevral
Prezident Qasim-Jomart Toqayev
Oʻtmishdoshi Daniyal Axmetov
Vorisi Nurimbet Saktaganov
 Qozogʻiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi
 
Mansab davri
2020-yil 29-yanvar  2023-yil 16-iyun
Hukumat boshligʻi Asqar Mamin (2020—2022)
Alixan Smailov (2020—2024)
Prezident Qasim-Jomart Toqayev
Oʻtmishdoshi Imangʻali Tasmagʻambetov
Vorisi Dauren Abayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1965-yil 2-may (1965-05-02) (61 yosh)
Olmaota, Qozogʻiston SSR
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Siyosiy partiyasi Amanat
Taʼlim Kirov nomidagi Qozogʻiston davlat universiteti, SSSR Tashqi ishlar vazirligi Diplomatiya akademiyasi
Kasbi oʻqituvchi
Mukofotlari Qurmet ordeni

Yermek Bedelbay oʻgʻli Kosherbayev (qozoqcha: Ермек Беделбайұлы Көшербаев; 1965-yil 2-may kuni Qozogʻiston SSR Olmaota shahrida tugʻilgan) – qozogʻistonlik davlat va jamoat arbobi, diplomat. Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri (2025-yil 26-sentyabrdan). Sharqiy Qozogʻiston viloyati hokimi (2023—2025). Bosh vazir oʻrinbosari (2025-yil 14-fevral – 2025-yil 26-sentyabr).

Tarjimai holi

1965-yil 2-may kuni Olmaotada tugʻilgan. Argʻin urugʻining Qorakesak Yesbalak tarmogʻidan.

1988-yil Kirov nomidagi Qozogʻiston davlat universitetining tarixchi, chet tilidan tarix fani oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan, 1993-yil aprelda SSSR Tashqi ishlar vazirligi Diplomatiya akademiyasini Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1988-yil avgustda Qozogʻiston SSR Tashqi ishlar vazirligida maxfiy ish yuritish boʻyicha katta inspektor lavozimida boshlagan.

1988-yil sentyabrdan 1989-yil oktyabrgacha – Qozogʻiston SSR Tashqi ishlar vazirining yordamchisi.

1989-yil noyabrdan 1990-yil iyungacha – Qozogʻiston SSR Tashqi ishlar vazirligi matbuot va axborot boshqarmasining birinchi kotibi.

1990-yil iyundan 1991-yil sentyabrgacha – Qozogʻiston SSR Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi birinchi kotibi.

1993-yil maydan avgustgacha – Qozogʻiston Respublikasi TIV Osiyo mamlakatlari boshqarmasi birinchi kotibi.

1993-yil avgustdan dekabrgacha – Qozogʻiston Respublikasi TIV Davlat protokoli boshqarmasining birinchi kotibi.

1993-yil dekabrdan 1994-yil iyungacha – Qozogʻiston Respublikasi TIV Davlat protokoli boshqarmasi boʻlim boshligʻi.

1994-yil iyundan 1996-yil yanvargacha – Qozogʻiston prezidenti devonining xalqaro boʻlimi konsultanti.

1996-yil yanvardan aprelgacha – Qozogʻiston Respublikasi prezidenti protokol xizmati rahbari v.b.

1996-yil 1997-yil avgustgacha – Qozogʻiston Respublikasining Shveysariya Konfederatsiyasining Bern shahridagi elchixonasi birinchi kotibi.

1997-yil avgustdan oktyabrgacha – Olmaota shahridagi Koʻp tomonlama hamkorlik departamentining Osiyo xavfsizligi boʻlimi boshligʻi.

1997-yil oktyabrdan 1999-yil noyabrgacha – Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri yordamchisi.

2000-yil yanvardan maygacha- „Nursulton Nazarboyev taʼlim jamgʻarmasi“ jamoat fondining tijoriy va umumiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.

2000-yil maydan oktyabrgacha – „Nursulton Nazarboyev taʼlim jamgʻarmasi“ jamoat fondi direktorining birinchi oʻrinbosari.

2000-yil oktyabrdan 2001-yil yanvargacha – KazTransOyl YAJ Milliy neft transport kompaniyasi matbuot xizmati rahbari.

2001-yil yanvardan iyungacha – KazTransOyl YAJ Milliy neft transport kompaniyasi prezidenti devoni rahbari.

2001-yil iyundan 2002-yil martgacha – „Transport Nefti i Gaza“ YAJ Milliy kompaniyasi devoni rahbari.

2002-yil martdan 2003-yil dekabrgacha – QazMunayGaz YAJ Milliy kompaniyasi birinchi vitse-prezidenti maslahatchisi va prezidenti apparati rahbari lavozimlarida ishlagan.

2003-yil dekabridan 2004-yil mayigacha – „Rauan Media Group“ aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida ishlagan.

2004-yil maydan avgustgacha – „Otan“ Respublika siyosiy partiyasi Markaziy apparati rahbarining birinchi oʻrinbosari.

2004-yil avgustidan 2005-yil apreligacha – QazMunayGaz Milliy kompaniyasi prezidenti apparati rahbari lavozimida ishlagan.

2005-yilning aprelidan 2006-yilning mayigacha – „Atameken Qozogʻiston tadbirkorlar va ish beruvchilar milliy ittifoqi“ yuridik shaxslar uyushmasi ijrochi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2006-yilning maydan 2007-yilning fevraligacha – „Otan“ Respublika siyosiy partiyasi markaziy apparati rahbari lavozimida ishlagan.

2007-yilning fevralidan iyuligacha – Ostona shahridagi „Berkut“ moliyaviy-sanoat guruhi mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlagan.

2007-yil noyabridan 2008-yil apreligacha – Ostonadagi Qozogʻiston neft, gaz va energetika tashkilotlari uyushmasi „KazEnergy“ ijrochi direktori lavozimida ishlagan.

2008-yil aprelidan 2009-yil fevraligacha – Ostona shahridagi „Rauan Media Group“ aksiyadorlik jamiyatining bosh prodyuseri boʻlgan.

2009-yil fevralidan 2010-yil iyuligacha – Semey shahridagi Ертіс AJ ijtimoiy-tadbirkorlik korporatsiyasi milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi.

2010-yilning iyulidan sentyabriga qadar – Sharqiy Qozogʻiston viloyati hokimi oʻrinbosari v.b.

2010-yil sentyabridan 2012-yil oktyabrigacha – Sharqiy Qozogʻiston viloyati hokimi oʻrinbosari boʻlgan.

2012-yilning oktyabridan 2014-yilning dekabrigacha – Sharqiy Qozogʻiston viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari.

2014-yil dekabridan 2016-yil oktyabrigacha – Qozogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari.

2016-yil oktyabrdan 2018-yil mayiga qadar – Qozogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi mas’ul kotibi lavozimida ishlagan.

2018-yilning mayidan 2019-yilning yanvarigacha – Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining mas’ul kotibi lavozimida ishlagan.

2019-yil yanvaridan 2020-yil yanvarigacha – Qozogʻiston Respublikasi TIV oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2020-yil 29-yanvardan 2023-yil 16-iyungacha – Qozogʻiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi.

2023-yil 16-iyundan 2025-yil 14-fevralgacha – Sharqiy Qozogʻiston viloyati hokimi.

2025-yil 14-fevraldan 26-sentyabrigacha – Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari.

2025-yil 26-sentyabridan Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri.

Qozoq, rus, ingliz, nemis, koreys tillarini biladi.

Oilasi

  • Xotini: Dinara Markenovna Chayjunusova – Semey hokimi Shayjunusov Marken Jakiyanovichning qizi (1998–2000).
  • Bolalari: Dastan (1988-y.), qizi Dameli (1993-y.).
Yuqori